Jamiyat

Oʻzbek-tojik chegarasi: demarkatsiya komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

© © Sputnik / Amir IsayevKPP "Ravot" na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoye foto
KPP Ravot na granitse Tadjikistana i Uzbekistana v gorode Kanibadam, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. 22-27 noyabr kunlari Namangan shahrida Tojikiston-Oʻzbekiston qoʻshma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Tojikiston TIV.
Muzokaralar chogʻida demarkatsiya ishlari muhokama qilindi va Tojikiston-Oʻzbekiston chegarasining demarkatsiya chizigʻi loyihasi boʻyicha oʻzaro kelishilgan takliflar tayyorlandi.
Keyingi yigʻilish Tojikiston hududida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv doʻstona va yaxshi qoʻshnichilik ruhida oʻtdi.
Tadbir yakunlari boʻyicha tegishli bayonnoma imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala