Sport

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaNatsionalnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu
Natsionalnaya sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Milliy terma jamoas kelasi yil yanvar va fevralida Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi.
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi 2022 yil yanvar va fevralida FIFA kunlari doirasida Yaponiya va Yangi Zelandiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yaponiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini 21 yanvar kuni boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Tokioning “Saitama” stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. 1 fevral kuni Srechko Katanets shogirdlari Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushishadi. Oʻyin BAAda oʻtkaziladi.
Kuz oyida milliy terma jamoa toʻrtta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi. Sentyabr oyida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda “oq boʻrilar” (1:2) magʻlub boʻldi. Oktyabr oyida Malayziya (5:1) ustidan gʻalaba qozonib, Iordaniyaga qarshi oʻyinda (0:3) yengildi. Noyabr oyida esa milliy jamoa Gruziyaga qarshi maydonga tushib, kichik hisobda (0:1) imkoniyatni boy berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala