Siyosat

Oʻzbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatdi

© AFP / TERESITA CHAVARRIAFlag Panamы
Flag Panamы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Oʻzbekiston 138-davlat bilan diplomatik munosabatlarni oʻrnatdi
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Panama Oʻzbekiston diplomatik munosabatlar oʻrnatgan 138-mamlakat boʻldi.
"Dunyo" AA xabariga koʻra, kecha, 29 noyabr kuni, Nyu-Yorkda Oʻzbekiston va Panama oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgani toʻgʻrisidagi Qoʻshma kommyunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatga Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibragimov va Panamaning BMTdagi doimiy vakili, elchi Markova Konsepsion Jaramilla imzo qoʻygan.
Panama Markaziy va Janubiy Amerika tutashgan joyda, Atlantika va Tinch okeanlari oraligʻida joylashgan va muhim yuk tashish yoʻlini taʼminlaydigan davlatdir.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasida aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Hamkorlikning oʻzaro manfaatli yoʻnalishlari faollashtirish boʻyicha kelishuv olishdi.
Oʻzbekiston joriy yil 14 may kuni Dominika Hamdoʻstligi bilan ham diplomatik munosabatlar oʻrnatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala