Jamiyat

Oʻzbekistonda 12-14 yoshli qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishMeditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa
Meditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Qizlar odam papilloma virusiga qarshi emlanmoqda, Niderlandiyaning “Merk” korxonasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaktsinasi olib kelindi.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Har yili Oʻzbekistonda oʻrtacha 1700 nafarga yaqin ayolda odam papilloma virusi sababli bachadon boʻyni saratoni kasalligi aniqlanmoqda.
Bunga qarshi eng samarali chora esa mazkur xastalikka qarshi emlanishdir. Ayniqsa, oʻsmir yoshdagi qizlarni rejali emlash kasallanish holatlarining oldini olishga katta yordam beradi.
Vaktsinatsiya ot kori - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2019
Jamiyat
Oʻzbekistonda odam papilloma virusiga qarshi emlashga start berildi
"Bunday vaktsinalar xotin-qizlarning sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlaydi," — deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boʻlim boshligʻi Dilorom Tursunova.
Dunyoning 102 mamlakatida milliy emlash dasturiga 9 yoshdan boshlab qizlarni emlash kiritilgan. Oʻzbekiston ham 2019 yildan ana shu davlatlar safiga qoʻshildi.
Ayni paytda respublikada 12-14 yoshli qizlar oʻrtasida emlash jarayoni oʻtkazilmoqda. Chunki ayni shu yosh oraligʻida vaktsinadan soʻng immunitet eng kuchli shakllanadi. Buning uchun joylarga ehtiyojga koʻra, 1 million 400 ming doza OPV vaktsina va shpritslari yetkazib berildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining maʼlum qilishicha, bunday vaktsinalarning 270 milliondan ortiq dozasi dunyoning 102 davlatida qoʻllanilgan.
Hozirgi kunda respublikaga Niderlandiyaning “Merk” korxonasida ishlab chiqarilgan 1 million 400 ming doza “Gardasil” vaktsinasi olib kelindi va yaroqliligi tekshirilib, tasdiqlandi.
Vaktsinatsiya jarayonlari 3138 ta emlash punktida amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala