Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” va “Gazprombank” yangi loyihalarni muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Fotobankka oʻtishPodgotovka k otkrыtiyu Peterburgskogo ekonomicheskogo foruma
Podgotovka k otkrыtiyu Peterburgskogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
“Oʻzbekneftgaz” va “Gazmprobank” loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik.Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi masʼullar va “Gazmprobank” AJning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari oʻrtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Odno iz predpriyatiy AO Uzbekneftgaz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.06.2021
Iqtisod
Elektr taʼminoti uzilish tufayli "Oʻzbekneftgaz" AJ obʼyektlari faoliyati toʻxtab qoldi
“Gazprombank” AJ bilan hamkorlik doirasida strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qariyb 1,1 milliard dollar miqdorida bank krediti jalb qilingan. Uchrashuvda “Oʻzbekneftgaz” AJ loyihalarni moliyalashtirish istiqbollari va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Dunyodagi yirik korxonalar roʻyxatida (yoʻnalishi boʻyicha) 6-oʻrinda eʼtirof etiladigan “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi” tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish maqsadida Xitoy, Rossiya va Koreya banklaridan 2,3 mlrd dollar miqdorida kredit mablagʻlari, jumladan, “Gazprombank” dan olingan kreditlar – 120 mln dollarni tashkil etadi.
Vыveska avtomobilnoy gazonapolnitelnoy kompressornoy stantsii (AGNKS) Gazprom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.08.2021
Rossiya
"Gazprom" Yevropa omborlariga joʻnatilayotgan gaz hajmini qisqartirdi
“Gazprombank” moliyaviy maslahatchi sifatida faoliyat koʻrsatdi: u loyihaning moliyaviy modelini tanlashda muhim rol oʻynagan, Xitoy va Koreya banklari bilan muzokaralarda va kredit shartnomalarini tuzishda faol ishtirok etdi.
GTL loyihasining mantiqiy davomiga aylangan “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasi” doirasida 280 ming tonna poliyetilen, 100 ming tonna polipropilen va 50 ming tonna pirol distillatni ishlab chiqarishni yanada koʻpaytirish uchun 430 ming tonna miqdorida sintetik nafta qayta ishlanadi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha yangi istiqbolli gaz-kimyo loyihalari, shartnomalarni bank tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish, shuningdek, ushbu sohadagi tajribani oʻrganish boʻyicha hamkorlik nuqtai nazaridan istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarini oʻrganish, zarur maʼlumotlar almashishga qaror qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala