Jamiyat

SSV shifoxonalardagi ortiqcha qogʻozbozlikni qisqartirishga kirishdi

© Oʻzbekiston SSV matbuot xizmatiSSVda Toshkent shahridagi bir guruh tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda qogʻozbozlik bilan bogʻliq holatlar muhokama qilindi.
SSVda Toshkent shahridagi bir guruh tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda qogʻozbozlik bilan bogʻliq  holatlar muhokama qilindi. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Hozir shifokor va hamshiralari hozir 26 turdagi jurnallar, 33 turdagi hisobot shakllari toʻldirishga majbur boʻlmoqda.
TOSHKENT, 30 noya – Sputnik. Tibbiyot muassasalaridagi ortiqcha qogʻozbozlikni bartaraf etish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligida tuzilgan ishchi guruh oʻrganishlar olib borilmoqda.
Vazirlikda Toshkent shahridagi bir guruh tibbiyot xodimlari bilan uchrashuvda qogʻozbozlik bilan bogʻliq holatlar muhokama qilingan. Amaliyot uchun foydali boʻlmagan, ortiqcha ovoragarliklarni keltirib chiqarayotgan hujjat va hisobot shakllarini qayta koʻrib chiqish hamda qisqartirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berilgan.
Maʼlum boʻlishicha, shifokor va hamshiralari hozir 26 turdagi jurnallar, 33 turdagi hisobot shakllari hamda bemorlarga beriladigan oʻnlab turdagi blankalarni toʻldirishga majbur boʻlmoqda.
Masalan, “Tibbiyot xodimlarining jarohat holatlarini qayd qilish jurnali"ga noxush vaziyatlar yuz bermasa, oylab, hatto yillab ehtiyoj boʻlmasligi mumkin. Lekin hamshira ana shu hujjat turiga har kuni “Bugun koʻngilsiz holatlar sodir boʻlmadi” degan mazmundagi qaydlarni kiritib borishi shart.
“Vaholanki, shifokorning eng asosiy vazifasi odamlarga shifo ulashishdan iborat. U buning uchun har bir bemorga oʻrtacha 15 daqiqa vaqt ajratishi kerak. Biroq amalda shundan maʼlum qismi hujjat toʻldirishga sarflanmoqda”, - deyiladi SSV xabarida.
Birlamchi boʻgʻin xodimlari “Ambulator-poliklinika muassasasiga kelganlarni qayd etish jurnali” ham ortiqcha, degan fikrda. Chunki xodimning uni toʻldirib oʻtirishi uzundan uzoq navbatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu esa odamlarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Qolaversa, bemorlar qabul boʻlimidan roʻyxatdan oʻtgach, shifokor huzuriga kirish uchun yana roʻyxatga yozilishi zarur.
Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun ayni paytda SSV tuzilgan ishchi guruh tomonidan oʻrganishlar olib borilmoqda.
Volonter pokupayet neobxodimыe lekarstva po spisku dlya pensionerki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Jamiyat
Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati yangilanadi – SSV
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala