Sun’iy intellekt sohasida maxsus rejim tashkil etiladi

© Pexels / Pavel DanilyukMujchina testiruyet ustroystvo. Illyustrativnoe foto
Mujchina testiruyet ustroystvo. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Obuna bo‘lish
Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.
TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Hukumatning 2021-yil 29-noyabrdagi 717-sonli qarori bilan Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus rejim tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq maxsus rejim IT-parkning alohida bo‘g‘ini bo‘lib, u yerda alohida huquqiy yengilliklar yaratiladi va yuridik shaxslar va ilmiy tashkilotlar tomonidan dasturiy mahsulotlar tajribadan o‘tkaziladi va amaliyotga joriy qilinadi.
Maxsus rejim ishtirokchisi bo‘lish uchun talabgorlar IT-parkning maxsus veb-platformasi orqali ariza topshiradi.
Arizalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 5 ish kunida dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ekspert kengashi va Muvofiqlashtirish komissiyasi xulosalari asosida vazirlik talabgorlarni ishtirokchi sifatida ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ruki na klaviature - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
Ayrim OTMlarda “Sun’iy intellekt” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Maxsus rejim ishtirokchilari o‘z xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga sarflangan xarajatlari davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.
Shuningdek ishtirokchilarga tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot hamda hujjatlarni, shaxsga doir egasizlashtirilgan ma’lumotlarni vazirlik, idora va tashkilotlardan olish huquqi beriladi.
Yangiliklar lentasi
0