Video

Yangi GES qurilishidan Toshkent va Moskva qanday foyda koʻradi - video

Oʻzbekiston 2026 yilda yangi GES ishga tushishi bilan Qirgʻiziston va Tojikistondan elektr energiyasi importi hajmini qisqartira oladimi – bu haqda ekspert oʻz fikrini bildirdi.
Anna Cherkasova. Rossiya va Oʻzbekiston Toshkent viloyatidagi ikkinchi yirik GES – Pskom GESini qurmoqda. Yangi GES nechta tumanni elektr energiyasi bilan taʼminlashi va mintaqa uchun qanday iqtisodiy samara berishi haqida Sputnik Oʻzbekiston “Energetika va moliya instituti” iqtisodiyot departamenti boshligʻi oʻrinbosari Sergey Kondratyevga murojaat qildi.
Dlya stroitelstva GES v Tashkentskoy oblasti perekrыli ruslo reki Pskem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Jamiyat
Toshkent viloyatida GES qurilishi uchun Pskom daryosi kanali toʻsib qoʻyildi - video
Rossiya bilan hamkorlikda qurilayotgan Pskom GESi yiliga 950 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda. Ekspertning soʻzlariga koʻra, yangi stantsiya nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqarishni yaxshilash, balki aholi, sanoat obʼyektlari va qishloq xoʻjaligi korxonalarini suv bilan taʼminlashni tartibga solish imkoniyatiga ega boʻladi.
Bu GES mahalliy ahamiyatga ega boʻlib, birinchi navbatda, Toshkent viloyatini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Ehtimol, bu qoʻshni hududlardagi isteʼmolchilarni energiya bilan taʼminlashni yaxshilashga yordam beradi.
Starshiy ekspert Instituta energetiki i finansov Sergey Kondratyev - Sputnik Oʻzbekiston
Sergey Kondratyev
“Energetika va moliya instituti” iqtisodiyot departamenti boshligʻi oʻrinbosari
2026 yilda GESni ekspluatatsiyaga topshirish rejalashtirilgan. Gidroelektrostantsiya - elektr energiyasini ishlab chiqarishning arzon manbai hisoblanadi. Biroq, buning uchun uning uzluksiz ishlab chiqarilishini taʼminlash kerak: suv oqimi butun yil davomida barqaror boʻladigan sharoitlarni yaratish.
Kondratyev taʼkidlashicha, Pskom GESi ehtimol mavsumiy rejimda ishlay oladi. Stantsiya daryo oqimiga qarab bahorda koʻproq, qish va yozda esa kamroq elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Mutaxassis Pskom GESining Toshkent viloyati qurilishi hududlar uchun bu juda muhim yirik investitsiya loyihasi ekanligini taʼkidladi.
Elektr stantsiyasi qurilishi vaqtida mahalliy aholi uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, viloyatda ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika va materiallarga boʻlgan talabni oshirish imkonini beradi.
Starshiy ekspert Instituta energetiki i finansov Sergey Kondratyev - Sputnik Oʻzbekiston
Sergey Kondratyev
“Energetika va moliya instituti” iqtisodiyot departamenti boshligʻi oʻrinbosari
Loyihani amalga oshirishdan Rossiya ham foyda koʻradi. GES qurish uchun asosiy uskunalar - masalan, gidroagregatlar - odatda postsovet mamlakatlari tomonidan Rossiyaning mashinasozlik va montaj korxonalaridan sotib olinadi. Shu bois Oʻzbekistondan Rossiya byudjetiga qoʻshimcha eksport tushumlarini kutish mumkin.
Pskom GESining ishga tushirilishi qoʻshni davlatlar energetika tizimlariga qanday taʼsir qiladi? Oʻzbekiston Qirgʻiziston va Tojikistondan elektr energiyasi importini qisqartiradimi? 2026 yilda GES foydalanishga topshiriladimi?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala