Jamiyat

Yoʻl harakati qoidalariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi: hukumat qarori

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
“Yoʻl harakati qoidalari”ning yangi tahriri tayyorlandi.
TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlanib, umumiy muhokamaga qoʻyildi.
Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, loyihada Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yoʻl harakati qoidalari oʻrganib chiqilib, mazkur qoidalarning 141ta bandiga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kirtilmoqda.
Strana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.10.2021
Jamiyat
ID-kartaga ega haydovchilardan “prava”ni koʻrsatish talab etilmaydi
Vena konventsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablaridan kelib chiqqan holda bir qator tushunchalar kiritilgan. Xususan, velosiped turdagi transport vositalariga alohida eʼtibor qaratilganligini hamda velosipedlarga tenglashtirilgan konstruktsiyasiga bir qator texnologik oʻzgartirishlar kiritilgan transport vositalari yoʻllarda koʻpayganligini inobatga olib, loyihada “Velosiped” tushunchasiga yangi tahrir berilib, “Velosipedchi”, “Velosiped yoʻlkasi”, “Velosipedchilar uchun boʻlak”, “Piyoda va velosiped yoʻlkasi” kabi tushunchalar kiritilmoqda.
“Quvib oʻtish” tushunchasi tubdan oʻzgartirilib yangi tahrirda bayon etildi, shundan kelib chiqib loyihaga, “Qayta tizilish” va “Oʻzib ketish” tushunchalari kiritilmoqda.
Yoʻllarida xorijiy davlatlarning transport vositalari soni koʻpayganligini inobatga olib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda loyihaga “Xorijiy avtotransport vositalari” tushunchasi kiritilmoqda.
Bundan tashqari, texnologik rivojlanish natijasida elektr dvigatel bilan harakatga keladigan transport vositalari turlari koʻpayib, respublikaga kirib kelayotganligini inobatga olib, loyihada “Mototsikl” va “Moped” tushunchalari yangi tahrirda qabul qilindi, “Elektromobil” va“Gibrid avtomobil” tushunchalari kirtilmoqda.
Shuningdek, “Toʻxtab turish joyi”, “Harakatlanish uchun xavf ”, “Qatnov qismlari kesishmasi”, “Xavfsizlik orolchasi”, “Cheklangan koʻrinish ”, “Avariya holatini yuzaga keltirish” kabi tushunchalar bilan toʻldirilmoqda.
Loyihada xavfsizlik kamarini taqish tartibi mutloq oʻzgartirish taklif qilinmoqda, bunga koʻra xavfsizlik kamarini nafaqat haydovchilar balki yoʻlovchilar ham taqish sharti belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala