2024 yilda prezidentlikka saylanish huquqim bor - Putin

Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq yangi muddatga saylanish huquqi borligini, lekin hozircha qaror qabul qilmaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 1 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi muddatga saylanish huquq borligini ma’lum qildi.
"Men Rossiya prezidentligiga saylanishim yoki saylanmasligimni hali o‘zim ham hal qilganim yo‘q, lekin Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq men yangi muddatga saylanish huquqim bor. Ana shuning o‘zi ichki siyosiy vaziyatni barqarorlashtirib turadi. Hozircha shuning o‘zi yetarli, men muddatidan oldin o‘z rejalarimni oshkor qilmayman", - dedi Putin.
Kelajak rejalar haqida gapirganda, biz mamlakatni rivojlantirish uchun oldin e’lon qilgan maqsadlarga erishishni istagan bo‘lardim. Bu shuningdek kadrlar masalasiga ham taaluqli. Men siyosatda, biznesda, ekonomikada va san’atda ham ambitsiyali va vatanparvar yoshlarni ko‘rishni istagan bo‘lardim. Ular mamlakat rivojlanish yo‘llarini topishi, uning kelajagini o‘z qo‘llariga olishi mumkin. Rossiya kelajagi aynan shunday bo‘lishiga men bir soniya ham shubha qilmayman, dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0