Afg‘oniston va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida parvozlar keyingi haftadan tiklanadi - OAV

© Pixabay / Gerhard G.Samolet v nebe, illyustrativnoe foto
Samolet v nebe, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
Kobul va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovlar keyingi haftadan qayta tiklanadi - OAV
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Kobul va Toshkent o‘rtasida aviaqatnov kelasi haftadan tiklanishi mumkin, deb xabar qildi Afg‘onistonning Bakhtar agentligi Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi rahbari Zamar Kamgar bayonotiga asosan.
Ismatulla Irgashev v Kabule provel vstrechi s chlenami Vremennogo pravitelstva Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
O‘zbekiston va Afg‘oniston qator sohalardagi yirik loyihalarni muhokama qildi
Uning so‘zlariga ko‘ra, havo tranziti muammosi hal qilindi. Kelgusi haftadan Kobul-Toshkent va Toshkent-Kobul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar boshlanishi kerak.
Biroq O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyati muntazam parvozlar qayta tiklanishi haqida ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.
“Hozircha bizda bunday ma’lumotlar yo‘q”, — dedi O‘zbekiston Transport vazirligi vakili RIA Novosti agentligiga.
“O‘zaviatsiya” agentligi ham “ularda bunday ma’lumotlar yo‘q” deb xabar berdi.
Yangiliklar lentasi
0