Haydovchilarga quloqchin orqali telefondan foydalanishga ruxsat berildi

© Unsplash / why keiVoditel za rulem avto
Voditel za rulem avto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda endi haydovchilar telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilarga telefondan quloqchin (naushniki) orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishga ruxsat berildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr kuni imzolagan qonunda ko‘zda tutilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo‘llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km chegirib tashlab jazo qo‘llaniladi.
Haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlarni, ishonchnomani, sug‘urtani yonida olib yurishi talab etilmaydi (mazkur tartib 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi).
Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) o‘rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
Avtomobilda yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashiganlik uchun fuqarolarga jarima BHMning 30 baravari etib belgilandi (ilgari BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha edi).
Yangiliklar lentasi
0