Kelgusi besh yilda O‘zbekistonda 21 ta yirik GES barpo etiladi

© Sputnik / Ilya NaymushinSbros vodi na GES
Sbros vodi na GES  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
2025-2026 yillarda 740 megavatt quvvatli 21 ta yirik GES qurilishi rejalashtirilmoqda. 22 ta maydonda esa kichik gidrostansiyalar quriladi.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. O‘zbekistonda yaqin besh yil ichida gidroelektr stansiyasi qurish sohada 740 megavatt quvvatli 21 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Loyihalar bilan prezident Shavkat Mirziyoyev tanishdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kelgusi yilda 170 megavattli 7 ta, 2023-2024 yillarda 150 megavattli 12 ta hamda 2025-2026 yillarda 420 megavattli 2 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Prezident ushbu inshootlarni sifatli qurish va barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Mirziyoyev to‘g‘on talab etmaydigan kichik gidrostansiyalar qurish masalasiga alohida e’tibor qaratib, bunga xususiy sektorni jalb qilish kerakligini ta’kidladi.
Bugungi kunda 22 ta shunday istiqbolli maydon ro‘yxati shakllantirilgan. Ularda quvvati 5 megavattgacha bo‘lgan mini gidro elektr stansiyalar qurish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.
Shuningdek, Norin, So‘x, Tanxoz, Oq buloq, Ugam kabi darolar va kanallarda 500 kilovattgacha quvvatga ega ixcham gidrostansiyalar o‘rnatish imkoniyati borligi qayd etildi.
Quyosh, shamol elektr stansiyalari o‘rnatgani uchun aholi va tadbirkorlarga qanday imtiyozlar berilgan bo‘lsa, kichik gidrostansiyalar uchun ham shunday imtiyoz va subsidiyalar qo‘llanilishi belgilandi.
Sergey Kondratyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Yangi GES qurilishidan Toshkent va Moskva qanday foyda ko‘radi - video
2017 yilda prezident farmoni bilan "O‘zbekgidroenergo" aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 11 ta yangi gidro elektr stansiyasi qurilib, 8 tasi modernizatsiya qilindi. Natijada 244 megavattlik qo‘shimcha quvvat yaratildi.
Yangiliklar lentasi
0