Siyosat

Mirziyoyev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbari bilan uchrashuv oʻtkazdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishDirektor FSB Rossii Aleksandr Bortnikov
Direktor FSB Rossii Aleksandr Bortnikov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Mirziyoyev Rossiya Federal xavfsizlik xizmati rahbarini qabul qildi.
TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. 1 dekabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikada amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev prinyal direktora FSB Rossii Aleksandra Bortnikova
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal direktora FSB Rossii Aleksandra Bortnikova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Prezident Shavkat Mirziyoyev prinyal direktora FSB Rossii Aleksandra Bortnikova
Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. 19 noyabr kuni Moskva shahrida oʻtgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholandi.
Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari oʻrtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Afgʻonistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala