Hodisalar

Moliyaviy piramidasi bilan oʻzbekistonliklarni chuv tushirgan Ukraina fuqarosi qoʻlga olindi

Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Korxona Oʻzbekiston fuqarolarini korxonadan tilla va kumush buyumlarni sotib olish yoʻli bilan yillik 260 foizgacha daromadni qoʻlga kiritish bilan qiziqtirgan.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlanayotgan Ukraina fuqarosi va yana 4 kishini qoʻlga oldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, 2020 yil 15 yanvar kuni 29 yoshli Ukraina fuqarosi M.M. bir guruh shaxslar bilan til biriktirib, Toshkentda "Golden Cash store" xorijiy korxonasini taʼsis etgan.
Korxona Oʻzbekiston fuqarolarini korxonadan tilla va kumush buyumlarni sotib olish yoʻli bilan yillik 260 foizgacha daromadni qoʻlga kiritish bilan qiziqtirgan.
Taʼkidlanishicha, ular mijozlar oldidagi majburiyatlarini yangi mijozlar hisobidan goʻyoki daromad sifatida “Golden cash store” plastik kartalariga maʼlum miqdorda pul mablagʻlarini oʻtkazish bilan qoplab kelishgan.
Firibgarlar respublika boʻylab koʻplab fuqarolarning juda koʻp miqdordagi pullarini qoʻlga kiritishgan.
Virtualnaya priyemnaya prezidenta RUz Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Jamiyat
Buxoroda 31 kishi "moliyaviy piramida"dan jabrlanib, Xalq qabulxonasiga yordam soʻrab keldi
Korxona asoschisi va yana toʻrt kishi hibsga olingan. Ularga nisbatan Oʻzbekiston JKning 188.1-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqamol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fuqarolarga yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala