O‘zbekistonda OIV bilan kasallanish vaziyati qanday

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na VICh v Kazani
Ekspress-testirovanie na VICh v Kazani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda hozir 40 mingdan ziyod kishi OIV kasalligiga chalingan.
TOShKENT, 1 dek – Sputnik. 1 dekabr – Xalqaro orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS)ga qarshi kurashish kuni. Shu kuni respublika OITSga qarshi kurashish markazi Sputnik nashriga statistika ma’lumotlarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda rasman 42 425 nafar fuqaro odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV)ga chalingan deya ro‘yxatga olingan. Ulardan 57,5 foizi erkaklar, 42,5 foizi esa ayollar.
O‘zbekistonda OIV kasalligining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgan, biroq yangi kasallanganlar soni jadal bo‘lmasa ham ko‘paymoqda, deydi markaz ekspertlari.
OIV bilan kasallanish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, 1 692 ta (42,5%) kasallanish- jinsiy aloqa yo‘li bilan, 18,2% - qon orqali, onadan bolaga yuqishi bilan esa 0,3% holat kuzatilgan.
Kasallik bilan kurashish maqsadida O‘zbekistonda immunitet yetishmasligi profilaktikasi va diagnostikasi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2013-yildan buyon markazda multidissiplinar guruhlar ishlab kelyapti. Ularning maqsadi- OIV kasalligi bilan chalingan insonlarga psixologik va ijtimoiy ko‘mak berish.
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2019
Uzoq vaqt xorijda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklar OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tadi
Bundan tashqari, mazkur yilning bahor oyida, O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash vazirligi mobil klinika va mobil laboratoriyani ishga tushirdi. Ular zamonaviy tibbiy jihozlar,ventilyatsiya hamda issiqliq tizimi bilan ta’minlangan. Ularda profilaktik ko‘rikdan o‘tish, test topshirish hamda diagnostikani amalga oshirish mumkin.
Darvoqe, mobil klinika KAMAZ bazasida ishga tushirilgan va O‘zbekistonga tuhfa qilingan. OIVga qarshi kurashish markazi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha Rossiya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan.
Maslahatlashuv jarayonida shaxsning ixtiyoriyligi va maxfiyligi ta’minlanadi. Bemorlar anonim tarzda ro‘yxatga olinadi – ko‘rikdan o‘tgan odam maxsus identifikatsiya kodini oladi.
Mobil modullarning joriy etilishi aholinig OIVga qarshi maslahat va test xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonini berdi. Bu, o‘z navbatida, nafaqat kasallikni tez aniqlashga, balki markaz tomonidan o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatishga yordam beradi- deydi markaz ekspertlari
Yangiliklar lentasi
0