Kolumnistlar

Qoʻrquv sababi: "omikron" neft va valyutalar narxini qulatdi

© Sputnik / Roman Galkin / Fotobankka oʻtishRabota investitsionnoy kompanii v Moskve
Rabota investitsionnoy kompanii  v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
JSST tomonidan yaqinda eʼlon qilingan koronavirusning yangi "omikron" shtamii naqadar xavfli ekani hozircha maʼlum boʻlmasada, u jahon bozorlarini biroz "qulatishga" ulgurdi.
TOSHKENT, 1 dek —Sputnik. Neft 10 dollarga arzonlashdi. Bu soʻnggi ikki oydaeng past koʻrsatgich boʻldi. Narxlar koronavirusning yangi shtammi tufayli pastga quladi. Agar u darhaqiqat xavfli boʻlib chiqsa, dunyoga yangi va yanada qatʼiy cheklovlar joriy etish kerak boʻladi. Demak, energiya manbaalariga talab pasayadi.
Fond birjasiga ham “Qora juma” keldi: investorlar yirik kompaniyalar qimmatli qogʻozlarini sotib yubormoqda. Oldinda OPEK+ guruhi uchrashuvi. Asosiy neft eksportchilari qazib olish hajmini oʻzgartirish boʻyicha muhim qaror qabul qilishlari kerak.

Oʻta qimmat

Noyabr oʻrtalarida Brent navli neft narxi barreliga 82 dollardan sotilayotgan edi. AQShda yanvar oyidan buyon benzin narxi bir litr uchun 0,62 dollardan 0,83 dollargacha oshdi. Amerika uchun bu soʻnggi 7 yil ichida rekord darajadagi baland narxlar. Amerikaliklan buning uchun OPEK+ni ayblashmoqda. Shu kunga qadar kartel har oyda neft qazib olish hajmini 400 ming barrelga oshirib kelayotgan edi.
Vashington esa, narxlarni pastga tushirish maqsadida oʻzining strategik zahiralaridan foydalanishni boshladi. Shu bilan birga amerikaliklar Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Janubiy Koreyadan ham zahira neftlarining bir qismini sotishni soʻrashdi. Bozorga qoʻshimcha 70 million barrel neft kelishi mumkinligi haqidagi xabar Brent navi narxini 80 dollardan pastga qulatdi.
“Omikron” barchani shunchalik qoʻrqitib yubordiki, 26 noyabr kuni Brent navi narxi 72 dollargacha quladi. Bu 2020 yilning aprel oyidan keyin eng yirik pastga shoʻngʻish boʻldi. AQSH fond birjalari uchun oʻtgan juma kuni “qora juma”ga aylandi: Dow Jones indeksi 2,53 % yoʻqotdi, S&P — 2,27%, Nasdaq Composite — 2,23%. Mosbirja indeksi ham 3,5 %ga quladi.
Zdaniye shtab-kvartirы Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2021
Jamiyat
JSST koronavirusning yangi shtammi tufayli favqulodda majlis chaqirdi
Dushanba kuni bijalarda kotirovkalar narxi biroz ortga qaytgan boʻlsa ham, seshanbada shimoliy dengiz nefti narxi yana pastladi. 2022 yil fevrali uchun imzolangan shartnomalar narxi 70,62 dollarni tashkil qildi. Bu oldingi shartnomalarga nisbatan 3,8 %ga kam.
Biroz oldin JSST “omikron” yuqori tarqalish xavfiga ega boʻlgan infektsiya ekani haqida ogohlantirgan edi. Jumladan u koronavirusga chalinganlarga ham yuqishi mumkinligi aytib oʻtilgan edi. Lekin hozircha yangi shtamm haqida batafsil va aniq maʼlumot yoʻq. Moderna bosh direktori Stefan Bansel aytishiga koʻra, koronavirusga qarshi mavjud vaktsinalar uning yangi koʻrinishiga nisbatan unchalik samarali boʻlmaydi.
Isroil va Singapur baʼzi Afrika davlatlari bilan aviatsiya parvozlarni toʻxtatdi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Frantsiya va Niderland Afrika qitʼasining oltita mamlakatiga parvoz qilishdan voz kechdi. Ekspertlar virus yangi mutatsiyasi xususiyatlarini oʻrganishmoqda. Chegaralar yopilishi, logistik uzilishlar – bularning barchasi jahon iqtisodiyoti rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin. Demak energiya manbaalariga ham talab kamayadi.
Bozor bunga mavjud stsenariylarning eng yomoni boʻyicha reaktsiya berdi. "Sinara" investitsion bankining tahliliy departamenti direktori Kirill Tachennikov aytishiga koʻra, zahira neftlarining sotuvga chiqarilishi narxlarning yanada tushib ketishiga olib keladi.

Hammasini OPEK+ hal qiladi

OPEK+ nima qilishi kerakligini hozircha aytish qiyin. Amaldagi reja boʻyicha yanvar oyidan boshlab neft qazib olish hajmi bosqichma-bosqich oshib borishi kerak. Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdel Aziz ben Salman al-Saud omikron shtammining neft bozoriga taʼsiridan xavotirda emasligini maʼlum qilgan edi. Lekin u kartelning kelajak rejalarini xabar qilishdan bosh tortdi.
Rossiya vitse-premyeri Aleksandr Novak aytishiga koʻra, Moskva ham bu borada tezkor choralar qabul qilishga shoshilmayapti. Neft alyansi boʻyicha hamkorlar esa bu borada Moskva bilan maslahatlashgani yoʻq.
“Neftchilarni AQSH va uning ittifoqdoshlarining strategik zahiralarini ochishi neftchilarni koʻproq tashvishga solmoqda. Yangi shtamm OPEK+ning boʻlajak majlisida neft qazib oluvchilarni oʻz nuqtai nazarini oʻzgartirishga majburlash ehtimoli katta” – deydi "Yedinыy broker" kompaniyasi direktori Artem Arzamastsev.
Agar 2 dekabrda boʻlib oʻtadigan OPEK+ uchrashuvida rejalar oʻzgarsa, neft narxi yana 80 dollardan oshishi mumkin. Lekin AQSH oʻz zahiralarini boʻshatishda davomi etadi. Chunki oldindan Kongress saylovlari, demokratlar saylov oldidan oʻz tarafdorlarini yoʻqotishni istamaydi", — deydi Borsell tahliliy kompaniyasi vitse-prezidenti Olga Veretennikova.
Pandemiya koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.11.2021
Dunyoda
Koronavirusning yangi shtammi tufayli davlatlar yana chegaralarini yopmoqda
Tahlilchilar xulosasiga koʻra, OPEK+ ehtiyotkorona harakat qiladi: masalan ular neft qazib olishni ikki baravar kamaytirishlari mumkin. Yoki nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyishlari mumkin. Agar yangi shtamm xavfsiz deb topilsa, hech narsa oʻzgarmaydi.
Afsuski bularning barchasi rubl kursini oshishi uchun xizmat qilmaydi. Juma kuni sodir boʻlgan keskin “qulash” oqibatida Rossiya valyutasining dollarga nisbatan kursi 75,92 rublacha va yevroga nisbatan 85,69 rublgacha pasaydi. 29 noyabrda kurs biroz ortga qaytgan boʻlsa-da, nomaʼlumlik saqlanib qolmoqda.
CARF fondi boshqaruv direktori, molichi Andrey Sыrchin aytishiga koʻra, neftchilar kutib turish strategiyasiga oʻtadi. "Hozir hamma qoʻrqayotgan yagona narsa – dunyo iqtisodiyoti neft narxi barreliga 80 dollardan ortiq boʻlishiga dosh bera olmaydi", — deydi mutaxassis.
The Wall Street Journal yozishiga koʻra, OPEK+ dunyoning asosiy neft importchilari tomonidan neft siyosatini oʻzgartirish masalasi koʻrib baribir chiqilmoqda. Karteldagi manbaalarga asoslangan holda nashr “Saudiya Arabistoni va Rossiya, neft bozoridagi yuqori narxlarni saqlab qolish maqsadida kelgusi yilda neft qazib olish hajmini oshirish rejasidan birgalikda voz kechishi mumkin” deb yozmoqda.
Tsisternы dlya nefteproduktov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2020
Iqtisod
OPEK+ qoʻmitasi yigʻilishidan soʻng neft narxi koʻtarildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala