Dunyoda

Qozogʻistonda Nazarboyev tasviri tushirilgan banknota chiqariladi – foto

© Sputnik / Abzal KaliyevBanknota nominalom 10 000 tenge
Banknota nominalom 10 000 tenge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Qozogʻiston Milliy banki mamlakat mustaqillining 30 yilligi munosabati bilan 20 000 tenge nominalidagi yubiley banknotani muomalaga chiqaradi.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Qozogʻiston Milliy banki 20 000 tenge nominalidagi yubiley banknotani muomalaga chiqaradi. Bu elboshi Nursulton Nazarboyev tasviri tushirilgan birinchi kupyura emas, deb xabar bermoqda Sputnik Qozogʻiston.

Yubiley banknotaning dizayni noyob texnologiyalar asosida ishlangan

Dunyoda birinchi bor banknotaning butun vertikali boʻylab joylashgan band hamda nominalning golografik tasviri, Mustaqillikning 30 yilligi logotipi va davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev faksimilesi tushirilgan.
"Asosiy tavsirlar banknotaning yuza qismida - Qozogʻiston Respublikasi davlat ramzlari, Qozogʻiston Respublikasi Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev portreti tushirilgan golografik tasvir, Qozogʻiston mustaqilligi va davlatchiligi ramzi boʻlgan "Qazaq Yelі" monument tasviri, "Mәngіlіk Yel" triumfal arkasi, qozoq elining anʼanaviy turar joyi bezashga asoslangan qozoq milliy bezaklarining bir qismi"- deyiladi Milliy bank xabarida.
Banknotaning orqa qismida - Nazarboyev portreti, Nur-Sulton koʻrinishi, Oqoʻrda qarorgohi hamda Qozogʻiston Mustaqilligining 30-yilligi logotipi tasviri tushirilgan.
© Natsionalnыy bank KazaxstanaYubileynaya banknota nominalom 20 000 tenge
Yubileynaya banknota nominalom 20 000 tenge - Sputnik Oʻzbekiston
1/2
Yubileynaya banknota nominalom 20 000 tenge
2/2
1/2
Yubileynaya banknota nominalom 20 000 tenge
2/2

Yubiley banknota 27 ta himoya elementlariga ega

Banknota dizayni muomaladagi banknotalar bilan bir xil uslubda tayyorlangan: old tomonida ustuvor vertikal tasvirlar joylashgan, orqa tomonida — gorizontal. Banknota asosan kulrang rangida tayyorlangan. Banknota oʻlchami - 155x79mm.
Nominal qiymati 20 ming tenge boʻlgan yubiley banknota butun Qozogʻiston boʻylab barcha turdagi toʻlovlar uchun, shuningdek, bank hisob raqamlariga oʻtkazish, Qozogʻistonning barcha banklarida almashtirish va oʻtkazish uchun nominal qiymati boʻyicha qabul qilinishi shart.
Eslatib oʻtamiz, elboshi portreti tushirilgan birinchi yubiley banknota Qozogʻiston mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlangan va 2016 yilda muomalaga chiqqan.
© Sayt fingramota.kzYubileynaya banknota nominalom 10 000 tenge, posvyaщennaya 25-letiyu Nezavisimosti Respubliki Kazaxstan
Yubileynaya banknota nominalom 10 000 tenge, posvyaщennaya 25-letiyu Nezavisimosti Respubliki Kazaxstan

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Yubileynaya banknota nominalom 10 000 tenge, posvyaщennaya 25-letiyu Nezavisimosti Respubliki Kazaxstan
Hozirgi vaqtda Qozogʻistonda 200, 500, 1 000, 2 000, 5 000, 10 000 i 20 000 tenge nominalidagi banknotalar muomalada.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala