Kolumnistlar

Toliblar uchishni oʻrganmoqda: bu kim uchun xavfli boʻlishi mumkin

© REUTERS / Stringer Voyennыy vertolet CH-46 Sea Knight nad Kabulom
Voyennыy vertolet CH-46 Sea Knight nad Kabulom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Tolibon* qoʻmondonlari harbiy havo kuchlarini Afgʻonistonning “istalgan burchagida” qarshilik koʻrsatayotgan isyonchilarga nisbatan qoʻllanilishi mumkinligini xabar qildi.
Tolibon havo-harbiy kuchlarining (HHK) Afgʻoniston shimoliy chegarasi yaqinida, Balx viloyatida boʻlib oʻtgan oʻquv mashqlari, davlat uchun muhim vazifa emas va shu bilan birga Afgʻonistonning tojik aholisiga xavf solmoqda. Shuningdek Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham bu yaxshi belgi emas.
Afgʻonistonning jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy hamda gumanitar muammolariga qaramasdan, Tolibon jangovar aviatsiyani qayta tiklamoqda. Tojikiston va Oʻzbekistonga chegaradosh boʻlgan Balx viloyatida 29 noyabr kuni Afgʻoniston HHKlarining birinchi oʻquv-mashqlari boʻlib oʻtdi. Unda bir necha Mi-17 va MD-530F koʻp maqsadli vertolyotlari ishtirok etdi.
Oʻquv mashqlari mamlakat shimolida boʻlib oʻtgani, tasodifga oʻxshamaydi. U yerad mahalliy aholi (asosan etnik tojiklar) yangi hukumatni toʻliq tan olgani yoʻq. Qoʻshni Tojikiston esa toliblardan Afgʻoniston fuqarolari huquqlarini saqlagan holda inklyuziv hukumat tashkil qilishni keskin talab qilmoqda.
Ushbu voqealar bilan bir vaqtda Afgʻoniston HHK qoʻmondoni Amanuddin Mansur qochib ketgan sobiq uchuvchilarni oʻz vataniga qaytish va faoliyatini davom ettirishga chaqirmoqda. Toliblarning Balx viloyatidagi harbiy qoʻmondoni Ataulla Omari boʻlsa – yangi hukumat HHKni Afgʻonistonning “istalgan burchagida” qarshilik koʻrsatayotganlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkinligini xabar qildi.
Moskovskiy format konsultatsiy po Afganistanu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.10.2021
Dunyoda
"Tolibon"* Putinning gaplarini olqishladi
Muvaqqat mudofaa vaziri mulla Moxammad Yakub aytishiga koʻra, Afgʻonistonda yangi HHK shakllantirilmoqda va ular hech qanday xorijiy yordamga muhtoj boʻlmaydi. Lekin bunday deyish Afgʻoniston uchun qanchaliq toʻgʻri, ahir u yerda avitexnika ishlab chiqaruvchi korxonalar yoʻq-ku? Mamlakatda qancha uchishga qodir apparatlar qolgani ham nomaʼlum. Harbiy reyting tuzuvchi Global Firepower aytishiga koʻra 2021 yil boshida afgʻon HHK ixtiyorida 193 ta vertolyot va 77ta samolyot boʻlgan.
Qobul hukumati qulaganidan soʻng, amerika OAVlari toliblar 22ta yengil hujumchi samolyotlar EMB-314 Super Tucano, toʻrtta C-130H Hercules transport samolyoti hamda 24 ta Cessna va 18 PC-12, 30 ta Black Hawk koʻp vertolyotlarini qoʻlga kiritgani haqida xabar qilishgan edi. Undan tashqari oltita Mi-35 va 76 ta Mi-17 vertolyotlari hamda 41 ta MD-530F yengil jangovor vertolyotlarga ega boʻlishgani haqida xabar qilgan edi. Boshqa manbaalar 48ta uchish apparatlarin qoʻlga kiritgani haqida xabar qilgan edi.
Mustahkamlik zahirasi
2021 yilnig iyul oyida Afgʻon armiyasi 56ta Mi-17V-5 vertolyotlariga ega boʻlgan. Ulardan 32tasi jangovor shay holatda boʻlgan.
Qobulning Amerikaga sodiq hukumati qulaganidan soʻng, 140 dan ortiq afgʻon harbiy uchuvchilari oʻzlarining PC-12 samolyotlari, Black Hawk va Mi-17 vertolyotlarida oilalari bilan qoʻshni Oʻzbekistan va Tojikistonga qochib ketishgan (jami 585 kishi va 50ka yaqin uchar apparatlar). Keyinchalik AQSH ularning boshqa davlatga koʻchib oʻtishiga yordam bergan.
Sobiq kollaboratsionistlar va olib qochib ketilgan apparatlarning Afgʻonistonga qaytib kelishi amri mahol. Iroqda 1991 yilda amerikaning “choʻldagi boʻron” operatsiyasi vaqtida ham ana shunday manzara kuzatilgan edi. Iroq HHKning 130dan ortiq samolyotlari Eron aviabazalarida AQSH zarbasidan saqlangan edi. Buning natijasida Tehron oʻza vaqta ancha zamonaviy boʻlgan uzoq radiolokatsion aniqlash uskunalariga ega boʻlgan Su-25K, Su-24MK, MiG-29, Il-76 hamda Dassault Mirage F1 samolyotlarini oʻz qurolli kuchlari safiga qabul qilgan edi. Toliblar buni talab qilayotgan boʻlsa-da, hozirda Oʻzbekiston va Tojikistondan samolyotlarni Afgʻonistonga qaytarish haqida hozircha hech qanday maʼlumot yoʻq.
Yangi afgʻon hukumatinning harbiy havo kuchlari isyonchilar va qoʻshni davlatlar uchun qanchalik xavfli boʻlishi mumkin? Jang qilishga shay boʻlgan mashinalarning ishonchlilik zahirasi bir necha oyga yetadi xolos.
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar chegaraga xudkushlar batalonini yuboradi
Oldin Afgʻonistonga yetkazib berilgan Rossiyaning Mi-17 vertolyotlari oʻziga uncha koʻp eʼtibor talab qilmaydi. Mamlakatda yonilgʻi va jangovar qurol aslaha miqdori yetarli. Harbiy uchuvchi va texniklarni xalqaro bozorda yoki xususiy harbiy kompaniyalarda yollash mumkin. Toliblar ixtiyorida yigirmaga yaqin jangga shay boʻlgan uchish apparatlari boʻlsa-da, shuning oʻzi mamlakatning istalgan nuqtasida jangovar operatsiyani havodan qoʻllab-quvvatlab turish uchun yetarli boʻladi. Hatto Panj daryosining oʻng qirgʻogʻida ham.( shunchaki nazariy jihatdan) Ikkita Mi-35 vertolyotlarining zarba berish kuchini tasavvur qilish qiyin emas. Mamlaktada oziq-ovqat yetishmasligi kuzatilayotgan boʻlsa-da, jangovar operatsiyalarni qoʻllab-quvvatlab turish – hamma narsadan ustun.
Aytish joizki, Afgʻonistonda valyuta tushumlarining ishonchli manbai bor – bu koʻknor dalalari. Yaqin kelajakda, 2022-2023 yillarda toliblar havo-harbiy kuchlari ehtimoliy raqiblar uchun xavf tugʻdiradigan boʻladi. Lekin Tolibon* birinchi bor kelganidan HHKdan foydalanish tajribasini esga olsak, HHK ishonchliligi uzoq saqlanib qolishi shubha ostiga tushadi.
1992 yilda Muhammad Najibullo tizimi qulaganidan soʻng, muhjohidlar bir necha HHK ammaratlariga ega boʻlishgan edi. Shundan soʻng 1996 yilda mujohidlar ustidan gʻalaba qozongan Tolibon*, MiG-21MF va Su-22 rusumli bir necha qiruvchi, transport va L-39 oʻquv samolyotlari va Mi-8 vertolyotlariga ega boʻlgan edi. Lekin, malakali texnik xizmat boʻlmagani tufayli, qisqa vaqt ichida ushbu texnika yaroqsiz hola keliboldi.
Tolibon*ning yangi HHK ham uchish muddati uzoq boʻlmaydiganga oʻxshaydi. AQSH Amerikada ishlab chiqarilgan vertolyotlar ehtiyot qismlari bozorini nazorat qilib turibdi va Afgʻonistonga detallar yetkazib berishga keskin qarshilik qilmoqda. Rossiyada ishlb chiqarilgan Mi-17 vertolyotlari taqdiri ham ana shunday murakkab. Rossiya uchun Markaziy Osiyodagi ittifoqdosh respublikalar xavfsizligi muhimroq.
Operativ vaziyat
Qobulda Dar-ul-Aman hududida joylashgan maktab yaqinida 30 noyabr kuni yana bir kuchli portlash sodir boʻldi. Unda ikki nafar tolibon askari yaralandi. Portlashni ID* jangarilari amalga oshirgan. Ular noyabr oyida oʻzlarining Qobulda ekanini har hafta eslatib turishdi. Sharqiy Nangarxar viloyatida toliblar va “Islomiy davlat” jangarilari bialan toʻqnashuvlari bugun ham davom etmoqda.
Tolibon* ham oppoq emas. Ular hukumatni egallab olganidan beri uch oy davomida sobiq afgʻon armiyasining yuzlab harbiylarni sud-soʻroqsiz qatl qilishdi. Xalqaro muzokara maydonlarida ularni qanday atashmasin Afgʻonistonda terror davom etmoqda va u aholining qarshiligiga duch kelmoqda.
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2021
Dunyoda
Pokiston “Islom davlati”*ga qarshi kurashda Tolibon*ga yordam bermoqda - OAV
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun Afgʻonistonning Yevropa banklaridagi mablagʻlarini hibsdan chiqarishga chaqirdi. Maqsad Afgʻonistondagi gumanitar muammolarni hal qilish. Shu bilan bir vaqtda Rossiya va uning Markaziy Osiyodagi ittifoqchilari Panj daryosi janubida voqealarning har qanday rivojiga tayyorlanmoqda.
Tojikistonda joylashgan Rosiyaning 201 harbiy bazasi askarlari qishgi oʻquv-mashqlariga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi. Kelayotgan yarim yilda moto-oʻqchi, artilleriya, aviatsiya boʻlinmalari hamda harbiy texnika ishtirokida 40qa yaqin oʻquv-mashqlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Undan tashqari Tojikistonning Lyaur va Sambuli poligonlarida radiatsion, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlari, aloqa va radioelektron kurash mutaxasislari, havo mudofaasi, artilleriya boʻlinmalari, razvedka va muhandislik qoʻshinlari mutaxassislari uchun darslar boʻlib oʻtadi.
* – Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi guruh.
Harby sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning v Telegram-kanaliga obuna boʻling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala