Sport

Toshkentda katta boks kechasi tashkil etiladi: kimlar ringga koʻtariladi

© NOK UzbekistanaProfessionalnыy bokser Isroil Madrimov
Professionalnыy bokser Isroil Madrimov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Kechaning markaziy jangi Isroil Madrimov va frantsiyalik Mishel Soro oʻrtasida kechishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Toshkent katta professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi.
Matchroom Boxing 17 dekabr kuni Toshkentda oʻtkaziladigan boks oqshomini rasman eʼlon qildi.
Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov kelib chiqishi Kot D'Ivuarlik boʻlgan, Frantsiya sharafini himoya qiluvchi Mishel Soroga qarshi jang oʻtkazadi.
Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida 1, Isroil Madrimov esa 2-oʻrinni egallab turibdi. Gʻolib bokschi chempionlik jangi uchun majburiy daʼvogarga aylanadi.
Shou doirasida Shahram Gʻiyosov, Hasanboy Doʻsmatov, Bektemir Meliqoʻziyev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Dilshodbek Roʻzmetov kabi oʻzbek bokschilari ringga koʻtarilishi kutilmoqda.
17 dekabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan janglar:
Isroil Madrimov — Mishel Soro;
Shahram Gʻiyosov — Kristian Koria;
Hasanboy Doʻsmatov — Xose Rivas;
Bektemir Meliqoʻziyev — Sergey Yekimov;
Iqboljon Xoldorov — Dimitriy Miliusha ;
Elnur Abduraimov — Jon Gemino;
Dilshod Roʻzmetov (debyut) — Yevgeniy Smirnov.
Murodjon Axmadaliyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.11.2021
Sport
Murodjon Ahmadaliyev WBA va IBF kamarlarini ikkinchi marotaba himoya qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala