Jamiyat

Valyutani noqonuniy sotib olish va sotganlik uchun jazo yengillashtirildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekka tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
TOSHKENT, 1 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda valyuta boyliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazganlik uchun jazo choralari yengillashtirildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni imzolagan qonundan maʼlum boʻldi.
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish valyuta boyliklari musodara qilingan holda 15 sutkagacha (oldin toʻliq 15 sutka) maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻlishi mumkin.
Maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 20 baravarigacha (oldin 20 BHM) jarima qoʻllaniladi.
Oʻzgarishlar 1 dekabrdan boshlab kuchga kiradi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 18 oktyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 19 noyabrda maʼqullangan edi.
Denejnыe kupyurы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.01.2021
Iqtisod
Tovarlar narxlarini chet-el valyutalariga bogʻlash mumkin boʻldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala