Jamiyat

Vanga va Nostradamus 2022 yilga nimalarni bashorat qilgan

© AP PhotoVanga
Vanga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Mashhur bashoratchi Mishel de Notrdam (Nostradamus) oʻz vaqtida 2022 yil uchun ayrim bashoratlarni bergan. Bolgariyaning "Fakti" nashri jurnalistlari uning bashoratlarini oʻrganishdi.
Oʻrta asr munajjimi va shifokori oʻz prognozlarini toʻrt tilda - lotin, qadimgi frantsuz, italyan va yunon tillarida shifrdan foydalangan holda yozdi. Ularning barchasi "Mishel Nostradamusning bashoratlari" kitobida qofiyalangan toʻrtliklar shaklida bayon etilgan.
Nostradamus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Nostradamus

Dunyo miqyosidagi bashoratlar

Nostradamusning bashoratlariga koʻra, 2022 yilda AQSH hukumati boshqarib boʻlmaydigan va kamroq vakolatli boʻlib qoladi, bu esa uni jahon sahnasida siyosiy kuchni yoʻqotishga olib kelishi mumkin.
Amurskiye tigryata v Primorskom safari-parke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Jamiyat
Boylik, muhabbat va baxt: 2022 - Yoʻlbars yilida kimning omadi chopadi
Tabiiy resurslarning kamayishi baʼzi davlatlar oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlarga olib kelishi mumkin. Yaqin Sharqdagi baʼzi davlatlar bombardimon qilishdan zarar koʻrishi mumkin.
Bashoratlarda Xitoy ham tilga olingan. Nostradamusning fikriga koʻra, mamlakat siyosati koʻproq global iqtisodiy muvozanatni oʻrnatishga yoʻnaltiriladi, yuan esa yangi jahon valyutasiga aylanishi mumkin.

Kosmik turizm

Prognozlarga koʻra, 2022 yilda kosmik sayohatlar ancha arzonlashishi kutilmoqda. Eslatib oʻtamiz, joriy yil sentyabr oyida Amerikaning SpaceX kompaniyasi ilk bor kosmik parvozni amalga oshirdi, unda birorta ham professional kosmonavt qatnashmadi. Toʻrt ishtirokchining hammasi sayyohlar edi, ular uch kun davomida koinotda boʻlishdi.
Flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Dunyoda
Siyosatshunos Rossiya va NATO oʻrtasida tez orada urush boshlanishini bashorat qilmoqda
Kelgusi yilda dunyoning aksariyat davlatlari quyosh energiyasidan keng foydalanishga oʻtadi, bu esa elektr energiyasi narxining oshishi va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda yordam beradi.

Vanga bashoratlari

Mashhur bolgariyalik bashoratchi Vanga 2022 yilda insoniyatga yordam beradigan global kashfiyotni kutayotganini aytdi.
U bu kashfiyot “quyoshdan ham kuchliroq” energiya manbai boʻladi, deb aytdi. Xalqaro OAV xabarlariga koʻra, gap termoyadroviy tadqiqotlar haqida boʻlgan. Vanganing soʻzlariga koʻra, bu energiya manbai Yerga Veneradan keladi va uni "Yer dam olishi mumkin boʻlgan davr" bilan bogʻlangan. Mutaxassislarning fikriga koʻra, bashoratchi tabiiy energiya manbalari asta-sekin kamayib borayotganiga va 2022 yil butun insoniyat uchun burilish nuqtasi boʻlishiga ishora qilgan.
Ferganskaya dolina v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2021
Jamiyat
Jahon banki Markaziy Osiyoda ommaviy migratsiyani bashorat qildi
Vanga shuningdek, odamlar "misli koʻrinmagan darajada boyib ketishadi, ammo pulsiz". Ehtimol, toʻlov bank tizimlari va kriptovalyutani nazarda tutgan.
Shuningdek, Sharqdan kelgan baxtsizlik butun dunyoga tarqalib, koʻp odamlarning hayotiga zomin boʻlishini, lekin odamlar muammoga koʻnishi mumkinligini aytdi.
Mutaxassislarning fikricha, Vanga koronavirus pandemiyasi haqida gapirgan. U insoniyat "besh ikki yilida" epidemiyaga duch kelishi haqida ogohlantirgan. Bu oʻtgan yilning 22 fevral va 22 dekabr kunlari edi (22.02.2020 va 22.12.2020).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala