Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻoniston-Eron chegarasida yirik qurolli toʻqnashuv roʻy berdi – video

© AP PhotoBoyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan
Boyeviki Talibana patruliruyut rayon Vazir Akbar Xan v gorode Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Nimroʻz viloyatida eronlik chegarachilar va toliblar* oʻrtasida ogʻir qurollardan foydalanilgan holda toʻqnashuv yuzaga keldi.
TOSHKENT, 2 dek – Sputnik. Afgʻoniston va Eron chegarasida toliblar* va eronlik chegarachilar oʻrtasida yuz bergan qurolli toʻqnashuv toʻxtatildi. Bu haqda toliblar* vakili Bilol Karimiy Tolo News telekanaliga maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, toʻqnashuvlar Afgʻonistonning gʻarbiy viloyati Nimroʻz viloyatining Kang uyezdida kunning ikkinchi yarmida sodir boʻlgan. Karimiy yuzaga kelgan mojaro sababini ochiqlamagan. Shu bilan birga buning oqibatida hech kim jabrlanmaganini taʼkidlagan.
Avvalroq afgʻon OAVlari chegaradagi qurolli toʻqnashuvlar mahalliy vaqt bilan soat 17:30 larda boshlanganini xabar qilishgan edi. “Tolibon”* vakillari, afgʻon OAVlariga taʼkidiga koʻra, jang davomida artelleriya qurollarini qoʻllab, bir nechta Eron nazorat oʻtkazish punktlari ustidan nazorat oʻrnatishgan. Gap, xususan, “Dxeris”, “Doʻst-Muhammad” va “Boloi Siyoh Chashmon” punktlari haqida borayotganini xabar qilishgan.
Oʻz navbatida Eron TIV rasmiy vakili Said Xatibzoda chegaradagi toʻqnashuvlar ikki tomon muzokaralari natijasida toʻxtatilganini bildirdi. Eron tomoni maʼlumotlariga koʻra, otishmani toliblar* boshlashgan. Ular xatolik bilan eronlik fermerlar chegara chizigʻini kesib oʻtdi deb, ularni oʻqqa tutishgan. Tehron toliblar* Eron nazorat punktlarini egallab olishga haqidagi xabarlarni rad etdi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala