Iqtisod

Oʻzbekiston va Qozogʻiston 5,9 milliard dollarlik shartnoma va bitim imzoladi

© Press-slujba MIVT Uzbekistana Uzbekistan i Kazaxstan podpisali kontraktы na $5,9 mlrd.
Uzbekistan i Kazaxstan podpisali kontraktы na $5,9 mlrd. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
Nur-Sultonda Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes-forumi va Oʻzbekiston-Qozogʻiston Ishbilarmonlar kengashining 4-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston 5,9 milliard dollarlik savdo shartnomalari va ikki tomonlama bitimlar imzoladi. Bu haqda Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hujjatlar Nur-Sulton shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Qozogʻiston biznes-forumi va ikki mamlakat ishbilarmonlari Kengashining kengaytirilgan yigʻilishi yakunida imzolandi.
Tadbirda ikki mamlakatning asosiy vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, savdo-sanoat palatalari, xolding kompaniyalari rahbarlari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan.
Ikki mamlakat hukumatlarining Oʻzbekiston va Qozogʻiston ishbilarmonlari oʻrtasida qoʻshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish va ikki tomonlama savdoni faollashtirish borasida bevosita hamkorlik oʻrnatish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha hamkorlik qilishga tayyorligi qayd etildi.
Ikki mamlakatning chegara hududida Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi tashkil qilinadi. Markaz zarur ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan jihozlanadi. Uning rezidentlari oʻzbekistonlik va qozogʻistonlik tadbirkorlarini qoʻshma sanoat korxonalarini tashkil etishga jalb qiladigan bir qator imtiyoz va preferentsiyalarga ega boʻladi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.12.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga tashrifi oldidan bergan intervyusida nima dedi
Avvalroq Turkistonda oʻtkazilgan ikki davlat oʻrtasidagi III mintaqalararo hamkorlik forumida umumiy qiymati 611,3 million dollarlik 54 ta investitsiya va tijorat shartnomasi imzolangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala