Jamiyat

Oʻzbekistonda yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi – u suratga ham oladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudnik GAI s jezlom
Sotrudnik GAI s jezlom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
Hozir 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika boʻylab YPX xodimlariga tarqatilgan.
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda haydovchini suratga olish imkoni boʻlgan yangi alkotesterlardan foydalanish boshlandi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozir Alcostop 8000S 150 dona yangi namunadagi alkotester respublika boʻylab YPX xodimlariga tarqatilgan.
Moslama aktiv hamda passiv rejimlarda ishlatiladi. Passiv rejimda haydovchi toʻxtatilgan paytda YPX xodimi alkotesterning puflash tomonini haydovchiga qaratadi va 5—10 santimetr masofada haydovchining ogʻzidan chiqqan etanol bugʻlari orqali uning alkogol ichimlik isteʼmol qilgani yoki yoʻqligi maʼlum boʻladi.
Shundan soʻng haydovchining mastlik holatida ekani yoki mast emasligini aniqlash uchun qurilma aktiv rejimga oʻtkaziladi. Bu rejimda mastlik holatini tekshirish jarayonida qoʻllaniladigan bir martalik uskunadan foydalaniladi. Alkotesterda kamera boʻlib, puflash jarayonida haydovchining yuz qismini tasvirga oladi va chekda aks ettiradi.
Agar haydovchining ogʻzidan chiqqan etanol bugʻlarning kontsentratsiya koʻrsatkichi 0,135 milligram va undan yuqori boʻlsa, u mast deb topiladi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 131-moddasi (transport vositalarini mast holda boshqarish) tartibida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Alkotester  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Hodisalar
Nukusda YPX xodimi alkotester oʻrniga oʻz telpagidan foydalandi – video
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala