Jamiyat

Rossiyadan Oʻzbekistonga 8 ta maxsus poyezd qatnovi amalga oshiriladi – jadval

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Fotobankka oʻtishPosadka grajdan Uzbekistana na vыvoznoy poyezd
Posadka grajdan Uzbekistana na vыvoznoy poyezd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
Dekabr oyida oʻzbekistonliklar sakkizta maxsus poyezd qatnovi bilan mamlakatga qaytishlari mumkin.
TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Dekabr oyida “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishida 483-sonli maxsus yoʻlovchi poyezdining 8 ta qatnovi amalga oshiriladi, deb xabar qilmoqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmati.

Poyezdlar Volgograd shahri “Voljskiy” temir yoʻl vokzalidan 4, 6, 10, 13,17, 20, 24, 27 dekabr kunlari soat 20:57 da harakatlanadi.

Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, yaʼni “Voljskiy-Toshkent” yoʻnalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni ye-ticket.railway.uz saytidan elektron tarzda xarid qilish mumkin. Chipta narxlari 1,6 million soʻmdan boshlanadi.
Bu qatnovlar pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan oʻzbekistonliklarga mamlakatga qaytishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, noyabr oyida Rossiyadan Oʻzbekistonga beshta maxsus poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala