“Sputnik V” bilan emlanganlarga Saudiya Arabistoniga kirishga ruxsat beriladi

© AP Photo / Amr NabilPalomniki sovershayut obxod vokrug Kaabi
Palomniki sovershayut obxod vokrug Kaabi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2021
Obuna bo‘lish
Shu tariqa “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganlar Umra va Haj ziyoratini amalga oshirishlari mumkin.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Saudiya Arabistoni 2022-yil 1-yanvaridan Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganlarning podshohlik hududiga kirishiga ruxsat beradi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganlar mamlakatga kelishlari bilan 48 soat karantinda bo‘lishlari va koronavirusga PZR test topshirishlari kerak.
Shu tariqa “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganlarning Umra va Haj ziyoratini amalga oshirish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Saudiya Arabistoni “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan kishilar borishlari mumkin bo‘lgan 102 ta davlat qatoriga qo‘shilgan.
Saudovskaya Araviya prinimayet sokrashenniy xadj  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2021
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan Umra ziyorati masalasini muhokama qiladi
Yangiliklar lentasi
0