Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi jonlantirish bo‘limida asosan kimlar davolanmoqda

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik v otdelenii dezinfeksii gospitalya COVID-19
Meditsinskiy rabotnik v otdelenii dezinfeksii gospitalya COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2021
Obuna bo‘lish
Muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor.
TOShKENT, 5 dek — Sputnik. Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2000 o‘ringa mo‘ljallangan. U yerda koronavirusga gumon qilingan, PZR test tasdiqlangan va pnevmoniyaga chalingan 737 nafar bemor davolanmoqda. Bu haqda shifoxonasi direktori Anvar Husanov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun ichida muassasaga o‘rta hisobda har kuni 85 nafar bemor qabul qilinib, kuniga ularning o‘rtacha 63 nafari sog‘aymoqda.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda shifoxonaga murojaat qilayotganlarni turli yosh toifasidagi insonlar tashkil etmoqda. Qolaversa, muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor. Ularning ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanmagan.
“Shu kungacha kasalxonamizda davolangan bemorlar orasida vaksina olgan 531 nafar bemorning 509 nafarida (96 foiz) kasallik yengil va o‘rta og‘ir darajada kechgan. Qolgan 22 nafarida kasallik nisbatan og‘ir o‘tgan. Bunga esa ularning aksariyati katta yoshli ekani, shu bilan birga, yurak yetishmovchiligi, gipertoniya, qandli diabet kabi yondosh kasalliklari borligi sababdir”, - deydi shifoxona direktori o‘rinbosari Hilola Alimova
Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, emlangandan so‘ng shakllangan immunitet kasallikni o‘tkazgandan keyingi himoyadan yaxshiroq. Sababi emlashda neytrallovchi antitanachalarning miqdori kasallik o‘tkazgandan keyin shakllanadigan antitanachalar miqdoridan ancha yuqori bo‘ladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 194 333 nafarga yetgan. Shulardan 190 939 nafari tuzalib ketgan. Virusdan qurbon bo‘lganlar 1418 nafarni tashkil etmoqda.
Vrach-virusolog, doktor meditsinskix nauk, professor Anatoliy Altshteyn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2021
“Omikron” pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog
Yangiliklar lentasi
0