Jamiyat

Avtomobil tarixini qanday bilish mumkin

© Sputnik / Aleksandr KryajevDiagnostika avtomobilya
Diagnostika avtomobilya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Oʻzbekistonda "Avtomobil tarixi" dasturi ishlab chiqiladi. Unda mashinaga oid maʼlumotlarni DXM, YAIDXP ilovalari orqali bilib olish mumkin boʻladi.
TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. “Avtomobil tarixi” maʼlumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab “avtomobil tarixi” maʼlumotlarini shartnomaviy asosda Davlat xizmatlari markazlari (DXM), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash boʻyicha davlat xizmatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
Avtomobil tarixi quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi;
yurgan masofasi;
fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilganligi;
yoʻl-transport hodisasi sodir etilganligi
taqiq mavjud yoki mavjud emasligi;
garovda ekanligi yoki yoʻqligi va boshqalar.
“Avtomobil tarixi” dasturini ishga tushirish uchun idoraviy axborot tizimlari, xususan IIV (avtomobil toʻgʻrisida maʼlumotlar), Adliya vazirligi (shartnomalar), Moliya vazirligi (sugʻurta), Transport vazirligi (tashish uchun litsenziya varaqasi mavjudligi) axborot tizimlari integratsiya qilinadi.
Maʼmuriy reglament loyihasiga asosan maʼlumotlarni olish uchun DXMda yoki YAIDXP orqali ariza beriladi, uning asosida tegishli organga soʻrov yuboriladi.
Davlat xizmati DXM orqali koʻrsatilgani uchun BHMning 20 foizi, YAIDXP orqali mustaqil murojaat qilinganda mazkur summaning 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Shaxsga doir maʼlumotlarning kafolatlanishini taʼminlash maqsadida, maʼlumotlarda mulk egasi haqidagi shaxsiy maʼlumotlar, shuningdek tezkor-qidiruv, mudofaa va xavfsizlikka oid avtotransport vositalariga oid maʼlumotlar aks ettirilmaydi.
Ushbu xizmat ikkilamchi bozorda avtomobil savdosida firibgarlik holatlarining oldini olishda yordam berishi aytilmoqda.
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.11.2021
Jamiyat
Yoʻl harakati qoidalariga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi: hukumat qarori
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala