Video

ODKB: biz Markaziy Osiyodagi vaziyatni normallashtirishga hissa qoʻshdik

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (KXSHT) aʼzo davlatlar xavfsizlik tizimini mustahkamlashi kerak. Bu haqda KXSHT bosh kotibi oʻrinbosari Valeriy Semerikov Sputnik agentligiga bergan eksklyuziv intervyusida maʼlum qildi.
Yilni sarhisob qilar ekan, Semerikov, koronavirus pandemiyasiga qaramay, KXSHT oʻz kollektiv kuchlarini tayyorlash boʻyicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirganini, xususan, afgʻon-tojik cherasidagi keskin vaziyatni inobatga olgan holda oʻquv mashgʻulotlarining aksariyat qismini Markaziy Osiyoda oʻtkazganini taʼkidladi.

"Bu (mashq - Sputnik) tojik-afgʻon chegarasi hududida vaziyatni normallashtirishga hissa qoʻshdi. Biz kollektiv kuchlarimizning imkoniyatlarini namoyish qildik", - dedi u.

KXSHT mashgʻulotlari Tashkilotga aʼzo davlatlar mintaqada vaziyat keskinlashgan taqdirda qatʼiy va kelishilgan holda harakat qila olishini koʻrsatdi, deb hisoblaydi Valeriy Semerikov.
"Afgʻoniston - Markaziy Osiyo mintaqasida alohida muammo, alohida nuqta. Afgʻoniston uzoq vaqtdan beri tashvish uygʻotib kelmoqda. Bular Afgʻoniston hududidan kelayotgan tahdid va chaqiriqlar - giyohvand moddalar, noqonuniy migratsiya, terrorizm", - deydi KXSHT rahbari oʻrinbosari.
Valeriy Semerikov qayd etishicha, ushbu omillarning barchasini inobatga olgan holda, tashkilot kelasi yili Qozogʻiston hududida tezkor harakat qoʻshinlari bilan mashgʻulotlar oʻtkazishni rejalashtirgan, boshqa mashgʻulotlar esa Tojikistonda boʻlib oʻtadi.
“Qirgʻiziston hududida “Buzilmas birodarlik” tinchlikparvar kuchlari bilan birgalikda mashgʻulotlar oʻtkazishni rejalashtirmoqdamiz”, — dedi Semerikov.
Keskinlikning yana bir omili – bu NATOning harakatlari, deydi Valeriy Semerikov.
"NATO toʻqima bahona bilan Sharqiy Yevropa davlatlari va Boltiqboʻyi davlatlari hududida oʻzining harbiy guruhlari, harbiy infratuzilmasini qurmoqda. Bu - Belarus va Rossiyaga bevosita yaqin", - deydi ekspert.
Shimoliy Atlantika alyansi ham mashgʻulotlar sonini sezilarli darajada oshirdi, biroq ularning provokatsion yoʻnalishi xalqaro tashkilotlar eʼtiboridan chetda qolmoqda, deya taʼkidlaydi KXSHT rahbari oʻrinbosari.
Valeriy Semerikovning soʻzlariga koʻra, KXSHT bu faktlarni qayd etmoqda va oʻzining xavfsizlik tizimiga yanada koʻproq eʼtibor qaratmoqchi. Shunday qilib, joriy yilda KXSHTga aʼzo davlatlar KXSHT sheriklik va kuzatuv tizimini yaratish boʻyicha hujjatlar toʻplamini ratifikatsiya qilish jarayonlarini yakunladi.
“Hozir biz manfaatdor vazirliklar, idoralar, KXSHT kotibiyati, xalqaro tashkilotlar va KXSHT kuzatuvchisi yoki hamkori maqomini olishni xohlovchi uchinchi davlatlar bilan ishlayapmiz”, — dedi Semerikov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala