Bolalarda O‘RVI nega qaytalaydi

© Pixabay / Meditsinskiy gradusnik i zashitnaya maska, arxivnoe foto
Meditsinskiy gradusnik i zashitnaya maska, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Shifokor kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yiliga 3-4 marta bunday virusli kasalliklar bilan og‘rishi normal holat ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedra mudiri Nigora Aliyeva bolalarda uchraydigan va qaytalaydigan o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) kasalligi haqida ma’lumot berdi.
SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda O‘RVI 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda. Ular orasida chaqaloqlar ham kam emas.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bola to‘g‘ri ovqatlanishi, o‘z vaqtida uxlashi, jismoniy chiniqishi lozim. Shundagina immunitet mustahkamlanadi.
Masalan, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zlari mustaqil ravishda jismoniy mashqlarni bajara olmaydi. Demak, ota-onalari, tarbiyalovchilari ularni chiniqtirishi zarur. Turli uqalash muolajalari, ya’ni massaj ham bu jarayonda juda foydali. Bolaning tanasida qon aylanish tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
Aliyeva kichik yoshdagi o‘g‘il-qizlarning yiliga 3-4 marta bunday virusli kasalliklar bilan og‘rishi normal holat ekanini qayd etdi. Ammo kasallikka chalinish soni emas, tuzalish muddatiga e’tibor qaratish kerak. Xastalikdan so‘ng asoratlar qolmasligi asosiy natija.
Shifokorning aytishicha, bemor bolalar muolajasi davomli parvarishni talab qiladi. Lekin ba’zi ota-onalar farzandi shifoxonadan chiqishi bilan uni bog‘chaga, maktabga jo‘natishadi. Aholi gavjum joylarga, mehmonga olib borishadi. Vaholanki, bunday paytda hali organizm to‘liq tiklanib, avvalgiday quvvatga qaytmagan bo‘ladi.
Oqibatda hali to‘liq quvvatga kirib ulgurmagan bola tashqi muhitda yangi virusga duch kelib, qaytadan kasallanib qolishi mumkin. Shunday ekan, o‘g‘il-qizlarning xastalikni yengil darajada o‘tkazishida ota-onalari, yaqinlari ko‘magi nihoyatda zarur. Bunday paytda yanada e’tiborli bo‘lish talab etiladi.
Rebenok s gradusnikom, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Farzandi O‘RVI bilan kasallangan ota-onalar eng ko‘p qaysi xatoga yo‘l qo‘yishadi
Yangiliklar lentasi
0