Hodisalar

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 29 ming $ni olganida qoʻlga tushdi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 29 ming dollarni olganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Bosh prokuratura bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Hodisalar
DXX 16 fevral voqealariga aloqador terrorchini qoʻlga oldi
Aniqlanishicha, A.T. Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori lavozimida ishlagan paytida, 2020 yil oktyabr oylarida oʻziga tanish boʻlgan qurilish korxonasi rahbari D.A.ni Olmaliq shahridagi 11-sonli yotoqxonani rekonstruktsiya qilish boʻyicha qonuniy oʻtkazilgan tenderda qurilish korxonasi goʻyoki uning yordami bilan gʻolib chiqqanligiga ishontirgan va moddiy ragʻbat talab qilib kelgan.
Shundan soʻng, hozirda Bosh prokuraturada boshqarma boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlayotgan va joriy yil 22 noyabrdan mehnat taʼtilida boʻlgan A.T. joriy yil 5 dekabr kuni soat 22 larda Mirobod tumanida joylashgan "Mustafo" restoranida D.A.dan goʻyoki tenderda yutishiga yordam qilganligi uchun 29 ming AQSH dollarini olganida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bosh prokuratura tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala