Dunyoda

Hindiston va Rossiya harbiy hamkorlik boʻyicha qator shartnomalar imzoladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPress-konferentsiya ministra oboronы Indii R. Singxa
Press-konferentsiya ministra oboronы Indii R. Singxa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Hindiston Rossiya bilan harbiy hamkorlik boʻyicha qator shartnomalarni imzoladi.
TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Hindiston Rossiya bilan harbiy hamkorlik boʻyicha qator shartnomalarni imzoladi, bu haqda Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan uchrashuvdan soʻng oʻzining Twitter’dagi mikroblogida maʼlum qildi.
“Oʻq otish qurollari va harbiy hamkorlik boʻyicha bir qator bitimlar/shartnomalar/protokollar imzolanganidan mamnunman”, - deb yozdi Singx.
Hindiston mudofaa vazirligi rahbarining soʻzlariga koʻra, mudofaa sohasida hamkorlik boʻyicha muzokaralar samarali va mazmunli boʻldi. Singx, shuningdek, Hindiston Rossiya bilan strategik sheriklikni qadrlashini qayd etdi.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri general Sergey Shoygu Nyu-Dehlidagi Sushma Svaraj saroyida Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx bilan uchrashuv oʻtkazgandi.
Tashrif doirasida ular Rossiya va Hindiston tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Subramanjam Jayshankar bilan “2+2” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadilar.
Rossiya TIV maʼlumotlariga koʻra, ikki davlat tashqi siyosat va mudofaa davlat tuzilmalari rahbarlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Markaziy Osiyodagi vaziyat, Afgʻoniston va Suriyadagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, bu borada Shanxay hamkorlik tashkiloti platformasi va Rossiya-Hindiston-Xitoy formatida hamkorlikni muhokama qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala