Jamiyat

Hokim yordamchisi lavozimida kimlar ishlashi mumkin

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Prezident farmoni bilan hokim yordamchisi lavozimi taʼsis etildi. Bu lavozimga nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.
TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2022 yil 1 yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etiladi.
Mazkur lavozimga:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shoʻʼba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;
nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;
tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.
Farmon bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi. Shuningdek, tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari ish boshlaydi.
Farmonga koʻra, “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi. Ushbu koʻkrak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
Iqtisod
Hokim yordamchilari qancha maosh olishi maʼlum boʻldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala