Mirziyoyev Japarovni tavallud kuni bilan tabrikladi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Yetakchilar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirziyoyev qirg‘izistonlik hamkasbini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar, birodar qirg‘iz xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.
Yetakchilar O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.
Turli darajalardagi konstruktiv muloqot va faol almashinuvlarni davom ettirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda muhim kooperatsiya loyihalarini birgalikda ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Qolaversa, biznes va hududlar darajasida amaliy hamkorlikni kengaytirish, madaniy-gumanitar dasturlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ikki davlat rahbarlari xalqaro va mintaqa kun tartibi yuzasidan ham fikr almashishdi.
Premyer-ministr Kirgizstana Ulukbek Maripov pribil s rabochey poyezdkoy v Respubliku Uzbekistan

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2021
O‘zbek-qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi tashkil etildi - prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0