Mirziyoyev va Toqayev ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Nur-Sulton shahridagi O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining samarali muzokaralardan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekishdi.
Hujjatda ikki qardosh xalqlarning hayotiy muhim va uzoq muddatli milliy manfaatlari, ko‘p qirrali sheriklik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish maqsadi o‘z ifodasini topgan.
Marosimda imzolangan yana bir muhim hujjat yaqin 5-yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni 10 milliardga yetkazish bo‘yicha Amaliy harakatlar rejasidir. Unda ikki mamlakat tarmoqlari va hududlari uchun qulay sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan
Davlat rahbarlari huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi.
Bojxona, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish, fazoviy makonni tadqiq etish va undan tinch maqsadlarda foydalanish sohasiga doir hamda “Markaziy Osiyo” sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimlar shular jumlasidan.
Shuningdek, savdo, investitsiyalar, energetika, transport kommunikatsiyalari, sud-ekspertlik faoliyati, mudofaa, bandlik va fan sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli hujjatlarga imzo chekildi.
Toshkent va Turkiston viloyatlari, Toshkent va Nur-Sulton shaharlari, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lari qabul qilindi.
Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi.

“Ushbu tashrif doirasida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzoladik. Ishonchimiz va sherikligimiz juda yuksak darajaga chiqqanidan, birgalikda harakat qilib, har tomonlama ko‘makdosh bo‘lishga tayyor ekanimizdan dalolat beruvchi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ular orasida eng asosiysi. Biz ikki qardosh xalqlarning ravnaqi yo‘lida ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli hamkorlikni mustahkamlashning qat’iy tarafdorimiz, - dedi Mirziyoyev OAV vakillari uchun brifing o‘tkazilgan brifingda.

Davlat rahbari Qozog‘iston prezidentini o‘ziga qulay vaqtda tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan
Yangiliklar lentasi
0