Sport

Oʻzbekistonlik yosh dzyudochilar Osiyo-Okeaniya chempionatida birinchi boʻlishdi

© Press-slujba Federatsii dzyudo UzbekistanaDzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii
Dzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Toʻrt kun davomida Bayrutda 16 marotaba Oʻzbekiston madhiyasi yangradi. Bunaqasi mamlakat tarixida boʻlmagan.
TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Livan poytaxti Bayrut shahrida oʻtgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati oʻzbekistonlik sportchilar uchun kutilganidan ham omadli keldi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi.
Oʻsmir dzyudochilar 9 ta oltin, 5 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashgan.
Oʻsmirlar oʻrtasida Xurshida Razzoqberdiyeva (-63 kg), Mels Sodiqov (-81 kg), Tuygul Hamroyeva (70 kg), Ibrohim Xolboyev (-90 kg) Suhrob Poʻlatov (-60 kg), Elbek Tojiyev (-66 kg), Laziza Haydarova (-40 kg), Ulbusin Hakimova (-44 kg) va Muhayyo Ahmatova (-48 kg) Osiyo chempioni unvoniga sazovor boʻlishdi.
Shirinjon Yoʻldosheva (+70 kg), Zamohshari Bekmurodov (-55 kg), Sardor Himmatov (-60 kg), Soʻgʻdiyona Rafkatova (-52 kg) va Marjona Nurulloyeva (-63 kg) kumush medalni qoʻlga kiritishdi.
© Press-slujba Federatsii dzyudo UzbekistanaDzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii
Dzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Dzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii
Sarvinoz Husanova (-57 kg), Mohlaroyim Toʻxtamisheva (+70 kg), Abbos Ismoilov (+90 kg) bronza, Fazliddin Shokirov (-50 kg) bronza medaliga ega chiqishdi.
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 7 ta oltin, 2 ta kumush, 6 ta bronza, jami 15 ta medal bilan 15 davlat orasida umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni band etishdi.
Halimajon Qurbonova (48 kg), Sita Kadambayeva (-52 kg), Shukurjon Aminova (-57 kg), Suhrob Rajabov (-100 kg), Islombek Ravshanqulov (+100 kg), Farangiz Xolmurodova (-70 kg), Irisxon Qurbonboyevalar (-78 kg) chempion boʻlib, oltin medalni qoʻlga kiritishdi.
Azizbek Ortiqov (-66 kg) va Xosiyat Masharipova (+78 kg) esa kumush medalga sazovor boʻlishdi.
Bronza medalga Fotimaxon Tursunboyeva (-48 kg), Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg), Shavkat Saitkulov (-66 kg), Farangiz Rejepova (-70 kg), Nurbek Murtazoyev (-81 kg) va Dilshod Bahodirov (-90 kg) ega chiqishdi.
© Press-slujba Federatsii dzyudo UzbekistanaDzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii
Dzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Dzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii
“Toʻrt kun davomida Bayrutda 16 marotaba Oʻzbekiston madhiyasi yangradi. Mamlakatimiz dzyudosi tarixida hali bunday natija kuzatilmagandi”, - deyilgan xabarda.
Qozogʻiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi yakun yasadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala