Rossiya

Rossiyada koronavirusning omikron shtammi bilan kasallanish tasdiqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishKoronavirus
Koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
JAR va unga chegaradosh boʻlgan mamlakatlardan qaytgan va observatorga joylashtirilgan jami 10 nafar rossiyalikda koronavirus tasdiqlangan. Ularning ikki nafarida omikron aniqlangan.
TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Janubiy Afrika Respublikasidan (JAR) Rossiyaga qaytgan ikki kishida koronavirusning omikron shtammi aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti Rospotrebnadzor maʼlumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Rossiyaga qaytgan va koronavirusga PZR testi musbat chiqqan ikki kishida koronavirusning omikron shtammi tasdiqlangan. Tahlilni Rospotrebnadzorning Epidemiologiya markaziy ilmiy-tadqiqot instituti oʻtkazgan.
JAR va unga chegaradosh boʻlgan mamlakatlardan qaytgan va observatorga joylashtirilgan jami 10 nafar rossiyalikda koronavirus tasdiqlangan.
“Boshqa bemorlarning tadqiqotlari davom etmoqda, vaziyat Rospotrebnadzorning alohida nazorati ostida”, - deyilgan xabarda.
Shtamm omikron - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Dunyoda
JSST omikron shtammdan birorta ham oʻlim qayd etilmaganini tasdiqladi
Eslatib oʻtamiz, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Botsvana va JARda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi haqida oʻtgan hafta xabar bergan edi. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, yangi shtamm S-oqsilida juda koʻp mutatsiyalar tashkil qilishgan qodir boʻlib, u juda faol tarqalish va kasallikka chalinganlar hamda emlanganlardagi mavjud antitanachalarga chidamlilik xususiyatiga ega.
Tashkilot yangi shtammni “xavotirli” deya topgan va unga “omikron”- yunon alifbosidagi 15-harf nomini bergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala