Sadir Japarov 2020-yilda necha pul ishlab topdi

© Press-slujba prezidenta Kirgizii / Mediabankka o‘tishPrezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov
Prezident Kirgizskoy Respubliki Sadir Japarov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Soliq xizmati mamlakat prezidenti Sadir Japarov 2020-yilda qancha pul ishlab topganini ochiqladi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Qirg‘iziston Soliq xizmati mamlakat prezidenti Sadir Japarovning 2020-yil uchun daromadlari va xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Hujjatda Japarov bosh vazir sifatida ko‘rsatilgan. Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan yil oktabrida hukumat rahbari bo‘lgan edi, sobiq prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fosidan keyin prezident vazifalarini bajarishni boshladi. 2021-yil yanvarida esa Qirg‘iziston prezidenti etib saylandi.
Deklaratsiyaga ko‘ra, 2020-yilda Sadir Japarov 247 ming 953 som (qariyb 3 ming dollar) ishlab topgan.
Shuningdek, u umumiy maydoni 6 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga egalik qiladi. Prezidentning ko‘chmas mulki va avtomobili yo‘q.
Japarov qarindoshlarining maydoni 50,7 va 389 kvadrat metr bo‘lgan ikkita uyi va maydoni 17,2 kvadrat metr garaji bor. Qolaversa, uning qarindoshlari "Umut bulagi" jamoat jamg‘armasi ta’sischilaridir.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.05.2021
Soliqchilar daromadlar deklaratsiyasini topshiradi
Yangiliklar lentasi
0