Siyosat

Toqayev: Qozogʻiston va Oʻzbekiston ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida deklaratsiya imzolaydi

© Ofitsialnыy sayt Prezidenta Respubliki KazaxstanKasыm-Jomart Tokayev provel peregovorы s Prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevыm
Kasыm-Jomart Tokayev provel peregovorы s Prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Qozogʻiston prezidentining soʻzlariga koʻra, bugun imzolanadigan hujjatlar toʻplami ikki mamlakat hamkorligiga qoʻshimcha turtki beradi.
TOSHKENT, 6 dek – Sputnik. Oqoʻrdada Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.

“Bugun biz ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisida deklaratsiya imzolaymiz. Bu haqiqatdan oʻzaro munosabatlarimizning yangi bosqichi, zero ilgari strategik hamkorlik tamoyillariga tayanar edik”, - dedi Qozogʻiston rahbari muzokaralar davomida.

Toqayevning soʻzlariga koʻra, bugun imzolanadigan hujjatlar toʻplami ikki mamlakat hamkorligiga qoʻshimcha turtki beradi.
Davlat rahbarlari hukumatlarga yaqin kelajakda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 5 milliard dollarga, keyinroq esa 10 milliard dollarga yetkazish boʻyicha topshiriq berishga kelishib olishgan.
Toqayev mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashda ikki davlatning oʻrni haqida ham toʻxtalib oʻtgan.
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ittifoqchilik va strategik munosabatlar Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashda muhim omil boʻlmoqda. Bu mubolagʻa emas. Ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar qanchalik yaqin boʻlsa, butun mintaqamizdagi vaziyat shunchalik barqaror boʻladi”, – deya ishonch bildirdi Qozogʻiston yetakchisi.
Uzbekistan i Kazaxstan podpisali kontraktы na $5,9 mlrd. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston va Qozogʻiston 5,9 milliard dollarlik shartnoma va bitim imzoladi
Shuningdek, Qozogʻiston va Oʻzbekiston rahbarlari ikki tomonlama strategik sheriklikning keng koʻlamli masalalarini muhokama qildilar. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport tranziti, madaniy-gumanitar hamkorlik kabi muhim jihatlar koʻrib chiqildi.
Eslatib oʻtamiz, 5 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozogʻistonga tashrif buyurdi. Uni aeroportda Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning shaxsan oʻzi kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari bugun, 6 dekabrga moʻljallangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala