Jamiyat

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi belgilandi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishPervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve
Pervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi har chorakda xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini oʻrganib chiqadi.
TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek, ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, uy-joy sharoitini yaxshilash istagida boʻlgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimiga soʻrovnoma-ariza bilan murojaat qiladi.
V Xorezmskoy oblasti i respublike Karakalpakstan zakrыlis doma “Miloserdiya” - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.11.2021
Jamiyat
Xorazm va Qoraqalpogʻistondagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar qolmadi
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish komissiyasi har chorakda (chorak birinchi oyining 15-kunigacha) xotin-qizlarning uy-joyga ehtiyojmandlik darajasini oʻrganib chiqadi.
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar Komissiyaning tegishli qarori qabul qilingach, koʻpi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.
Bunda:
- uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti boʻyicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15 foizi miqdorida boshlangʻich badal toʻlab beriladi;
- tuman (shahar) hokimligi Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng 20 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan ijara shartnomasini tuzadi (koʻpi bildan 5 yil muddatga);
- ijara shartnomasi tuzilgandan keyin 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish – qabul qilish dalolatnomasi tuziladi;
- dalolatnoma tuzilgach, uy-joyga muhtoj xotin-qizlar 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.
Setevoye oborudovaniye v servernoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.11.2021
Jamiyat
Koʻp kvartirali uylar kamida 1 Gbit/s oʻtkazuvchanlik qobiliyati bilan internetga ulanadi
Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli boʻladi va ular boʻyicha alohida hisob yuritiladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, keksa yoshdagi va oʻzi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda koʻp kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqi uy-joy umumiy maydonidan kelib chiqib uning 1 kvadrat metri uchun:
Toshkent shahrida 1 yilga BHMning 2 foizi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.
Ijara shartnomasida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan har oyda bir marotaba monitoring olib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala