Jamiyat

Yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlar – hukumat qarori

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoye dvijeniye v gorode
Avtomobilnoye dvijeniye v gorode  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish boʻyicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.
TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. “Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan 1 martgacha yoʻlovchi tashish yoʻnalishlarini ochiq tenderlar orqali biriktirish boʻyicha elektron tizim test rejimida joriy etiladi.
Pervыy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Jamiyat
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi belgilandi
2022 yil 1 martdan shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻlovchilar tashish yoʻnalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron tizim orqali oʻtkaziladi.
Qaror bilan tenderni oʻtkazish tartibiga oid nizom tasdiqlandi.
Nizomda tender takliflariga qoʻyiladigan talablar, gʻoliblarni aniqlash, shartnoma tuzish va boshqa qoidalar belgilandi.
2022 yil 1 iyulgacha hududlarda jamoat transportini rivojlantirish kontseptsiyasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala