Jamiyat

Baliq yogʻi qanday kasalliklardan himoya qiladi

CC0 / Pixabay / Banka s jirorastvorimыmi vitaminami
Banka s jirorastvorimыmi vitaminami  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Omega – 3 koʻp toʻyingan yogʻli kislotalari nafaqat baliq yogʻida, balki ismaloq, yongʻoq, loviya, zigʻir va xantal yogʻi kabi mahsulotlarda ham bor.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Baliq yogʻi qondagi yogʻ miqdorini kamaytiradi, qon bosimi va yurak tezligini kam miqdorda pasaytiradi, qon ivishini yaxshilaydi. Baliq yogʻi tarkibidagi Omega-3 toʻyinmagan yogʻli kislotalar esa yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega. Shu sabab, baliq yogʻi revmatoid artritdan aziyat chekayotgan odamlarga tavsiya etiladi.
Biroq, vrach-terapevt Georgiy Sapegoning Sputnik radiosiga bergan intervyusida taʼkidlashicha, baliq yogʻi immunitetni koʻtaradigan kuchli vosita emas. Ammo, ushbu mahsulotning yalligʻlanishga qarshi taʼsiri infektsion kasalliklarni yengishda yordam beradi.
“Men baliq yogʻining infektsiyalarga chidamlilikni sezilarli darajada oshiradi deb oʻylamayman, ammo u oʻpkada yalligʻlanish kelib chiqishini kamaytiradi"- dedi Sapego.
Biz hozirgi kunlarda isteʼmol qilayotgan ushbu mahsulot harorati sovuq dengiz baliqlarining goʻshtlaridan olinadi, maxsus tarzda qayta ishlanadi va olingan yogʻ izolyatsiya qilinadi. Avvallari bolalarga qoshiqda berilgan baliq yogʻi esa semiz baliqlarning jigaridan olingan.
Omega – 3 koʻp toʻyingan yogʻli kislotalar nafaqat baliq yogʻida, balki ismaloq, yongʻoq, loviya, zigʻir va xantal yogʻi kabi mahsulotlarda ham bor.
Inson organizmi uchun foydali bu moddaning yana bir tarkibi- biologik faol oziq-ovqat qoʻshimchalari. Biroq, ularni suisteʼmol qilmaslik lozim.
“Muammo shundaki, yogʻ tarkibidagi qoʻshimchalar tarkibini oldindan aytib boʻlmaydi. Oziq-ovqat qoʻshimchalaridagi toksinlarni nazorat qilib boʻlmaydi. Bir kunda toʻrt grammdan koʻp boʻlmagan Omega 3 koʻp toʻyingan kislotalarni isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. Shunda zararli toksinlardan zaharlanish ehtimoli pasayadi” - deydi mutaxassis
Chay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2021
Jamiyat
Qanday choy zararli - mutaxassis izohi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala