Nur-Sultonda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana
V Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi doirasida Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqayev ramziy bog‘ichni kesib, yangi binoni tantanali ravishda ochdilar. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana
V Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
V Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana
Shundan so‘ng prezidentlar elchixonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Elchixonasining yangi, zamonaviy binosi o‘zbekistonlik quruvchilar tomonidan barpo etilgan, uning xonalari milliy uslubda bezatilgan. Diplomatik vakolatxona hududida asosiy bino, konsullik bo‘limi, xodimlar uchun uy, diplomatik missiya rahbarining qarorgohi, bolalar va sport maydonchalari joylashgan. Shuningdek elchixonada muzokara xonalari, anjumanlar zali va kutubxona ham bor.
Elchixonala onlayn muzokaralar o‘tkazish, konsullik faoliyati uchun “elektron navbat” tizimi o‘rnatilgan va bu yerga keluvchilar ma’lumotlarni interfaol tarzda olish imkoniyatiga ega. Alohida ehtiyojli odamlar uchun ham zarur sharoitlar yaratilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana
V Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
V Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdilar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana
V Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
V Nur-Sultane otkrili posolstvo Uzbekistana
Yangiliklar lentasi
0