Analitika

Oldinda uzoq suhbat turibdi: Putin va Bayden aslida nimani hal qilishadi

© Sputnik / POOL / Fotobankka oʻtishVstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Rossiya va Amerika yetakchilari himoyalangan videoaloqa kanali orqali suhbatlashishadi.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Tatyana Mishina, Dmitriy Yermakov. Moskva va Vashington oʻrtasidagi munosabatlar taranglashdi, va Jozef Bayden Vladimir Putin bilan uzoq suhbatga umid qilmoqda. Amerika yetakchisi “muayyan takliflarni” hozirlab qoʻygan, biroq hozircha ularni aytmadi. Asosiy mavzu – Ukraina. Kuni kecha tomonlar pozitsiyalarini qatʼiy belgilab olishdi: Kreml qizil chiziqlar haqida, Oq uy esa Rossiya xatti-harakatlari uchun “keng qamrab olingan choralar toʻplami” tayyorlanayotgani haqida eslatdi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri efir boʻlmaydi

Uchrashuv Moskva vaqti bilan taxminan soat 18:00 da boshlanadi. Himoyalangan videoaloqa kanali orqali suhbatlashishadi. “Birinchi lavhalarni koʻrsatishadi. Biroq, albatta, faqat birinchilarini. Barcha muloqot – yopiq tarzda”, - deya tushuntirdi jurnalistlarga Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Suhbat “yetarlicha mufassal va uzoq” davom etishi kerak. Ammo yakuniga koʻra bayonotlar boʻlmaydi.
Moskvaning ustuvorlari orasida – “Jenevada erishilgan tushunishlar qanday qilib amalga oshirilayotganini” tahlil qilish. Putin Bayden bilan “achinarli holatda qolayotgan” ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qiladi, Ukrainadagi vaziyat, NATO siljishi va bunga doir yaqindagi Rossiya yetakchisi tashabbusi haqida gaplashishadi.
Birinchi dekabr kuni Putin alyansning kengaytirilmaslik yuridik kafolatlari xususida muzokaralar tashkil etishni taklif qildi. U gʻarbiy chegaralardagi keskinlik oʻsgani va “ishonchli va uzoq muddatli xavfsizlik kafolatlari” – aynan yozma – zarurligini bildirdi. Zero Gʻarb mamlakatlari ogʻzakilarga rioya qilishmaydi.
“Umid qilamanki, Rossiyaga nisbatan qizil chiziqni kesib oʻtish hech kimning xayoliga kelmaydi. U qayerda belgilanishini esa – buni oʻzimiz har bir aniq holatda belgilaymiz”, - dedi Putin oʻz chiqishi davomida.
Zdaniye Kongressa SSHA (Kapitoliy) v Vashingtone. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Kolumnistlar
Amerikaliklar Putindan nimani xohlashmoqda va nima bilan tahdid qilishadi
Uchinchi dekabr kuni Bayden dam olish kunlari Kemp-Devidga uchib ketish oldidan jurnalistlarga “hech kimning qizil chizigʻini tan olmasligini” aytdi: “Biz Rossiyaning xatti-harakatlari haqida anchadan buyon bilamiz, oldimizda uzoq suhbat qurish turibdi deb hisoblayman”. Keyinroq Oq uy vakili Jen Psaki prezidentlar kiberxavfsizlik va strategik barqarorlik ham mintaqaviy muammolarni muhokama qilishlariga aniqlik kiritdi. Bayden “AQSH Ukraina bilan chegarada Rossiya harbiy faolligidan xavotirda” ekanini taʼkidlashni rejalashtirmoqda.

Bostirish kirish realliliga ishontirishdi

Soʻnggi oylarda Ukraina ikki tomonlama munosabatlarning eng dolzarb muammosiga aylandi. Moskvaning ishonchi komilki, Kiyev Minsk kelishuvlariga amal qilish niyatida emas. “Majburlash darkor, - deb hisoblaydi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. – Aynan shuning uchun “nortmand shakli” tuzilgan ham edi”, biroq Berlin va Parij oʻz majburiyatlariga beparvolik qilyapti”.
Kiyev rasmiylari oʻzlarini Minsk kelishuvlari bilan bogʻliq deb hisoblashlarini maʼlum qilishgan, ular “bu qarmoqdan chiqib ketishga” muvaffaq boʻlishgan. Shu bilan birga Donbassdagi gumanitar vaziyat faqat yomonlashmoqda.
Pentagon bir necha marta chegara yaqinidagi Rossiya qoʻshinlari sonini diqqat bilan kuzatayotganini bildirgan. AQSH yevropalik ittifoqdoshlari bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga bostirish kirishiga yoʻl qoʻymaydigan “keng qamrovli choralar toʻplami” ustida ish olib bormoqda. Avvalroq Davlat departamenti tajovuz roʻy bergan taqdirda “misli koʻrilmagan” sanktsiyalarni qoʻllashi bilan ogohlantirgandi.
Gʻarb OAVlari oktyabrdan buyon chegaradagi keskinlik kuchayganini bot-bot takrorlashmoqda. Moskva eslatib qoʻydi: mamlakat hududida harbiy texnika va armiya boʻlinmalarining bir joydan boshqa joyga borishi – Rossiyaning ichki ishi.
Ukrainskiye voyennoslujaщiye vedut ogon iz 152-mm pushki-gaubitsы D-20 na artilleriyskom poligone v sele Devichki Kiyevskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.11.2021
Rossiya
AQSH Donbassda qaytadan mojaroni qoʻzgʻatishga urinmoqda - RF tashqi razvedka rahbari
Yetakchilar uchrashuvi arafasida “Financial Times” AQSH soʻnggi bir necha hafta ichida Yevroittifoqini Rossiya Ukrainaga bostirib kirmoqchi ekaniga qanday ishontirganini batafsil taʼrifladi. Oq uy NATO boʻyicha 29 ta ittifoqchilari orasida ikki tomonlama va kollektiv uchrashuvlarda va YEIning diplomatik kanallari orqali “Kremlning taxmin qilinayotgan niyatlari” haqidagi maʼlumotnip tarqatdi.
Boz ustiga ayrim yevropalik ittifoqdoshlar – masalan, Germaniya, - bunga ishonqiramay qaragan. Ismi oshkor qilinmagan yevropalik amaldor jurnalistlarga hayron boʻlagini tan oldi: amerikaliklar YEIda koʻrilmagan narsani koʻrishdi. “Agar igʻvo qilinmasa, Rossiya hech qanday tajovuz qadam tashlamasligi xususida fikr bildirishgandi. Ammo Amerika razvedkasi maʼlumotlari bu pozitsiyani qayta koʻrib chiqishga majburladi, deya yozadi “Financial Times”.
Shuningdek, oshkor qilinmagan manbalariga tayangan holda Germaniyaning “Bild” nashri 2022 yil boshida Rossiya goʻyoki Ukrainaga bostirib kirishi rejasini chop qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova keltirilgan xaritada Lvov emas, balki Lemberg koʻrsatilganiga eʼtibor qaratdi. Zamonaviy nemis tilida bu shaharni Lwiw deb ataoʻadi. Ikkinchi jahon urushi yillarida astriya-venger toponimi Lemberg ishlatilgan. “Xoʻsh, qaysi xaritadan nemis jurnalistlari buni koʻchirib olishdi?”, - deya qiziqdi Zaxarova.

Pekinni moʻljalga olib

Bayden maʼmuriyati NATO mustahkamlamoqda, ichki intizomni koʻtarmoqda. Ayniqsa, bu Donald Tramp jamoasi ishi natijalari ortidan yaqqol namoyon boʻladi, deydi Sergey Kislitsin, Rossiya Fanlar akademiyasining jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosobatlar instituti Shimoliy Amerika tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi. Alyans harbiy boʻlmagan sohalarga chuqarlashadi, xususan, kiberxavfsizlikka. Bu koʻp jihatdan Moskvaga emas, balki Pekinga boʻlgan qarama-qarshilikka bogʻliq.
“Lekin Rossiya-Amerika munosabatlarida harbiy-siyosiy borada biror bir muloqot boʻlishi dargumon. Yevropalik ittifoqdoshlar amerikaliklar qaytganidan, shubhasiz, shod, Bryussel Rossiya ishtirokdan manfaatdor emas, - deydi u. – Yevropa integratsion harbiy tuzilmalar (PESKO) 2020 yilda ilmiy-tadqiqot ishlarida uchinchi tomoni ishtiroki, mudofaa bilan bogʻliq masalalarni hal qilishdi, 2021 yilda esa Shtatlar Yevropadagi harbiy mobillik loyihalardan biriga qoʻshildi. Shunday ekan Bayden maʼmuriyati NATO kengaytirilmasliga kafolat bera olishi dargumon”.
Ukrainaga boʻlgan jiddiy eʼtibor – amerikaliklarning sobiq ittifoq hududida oʻz taʼsirini kuchaytirish istagi, deya davom etadi ekspert. Bu yerda ham Vashington yana Pekin bilan raqobat qilmoqda. Garchi hozircha Xitoy iqtisodiyoti yetib bormagan mintaqalarda Rossiya bilan manfaatlar toʻqnashuvi borligiga qaramasdan.
Suxoputnaya faza rossiysko-kitayskix ucheniy Morskoye vzaimodeystviye - 2017, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.11.2021
Kolumnistlar
Rossiya va Xitoyning harbiy hamkorligi Markaziy Osiyo uchun nima keltiradi
“Putin va Baydenning oldingi safardagi muzokaralarining asosiy muvaffaqiyati – SNV-3 boʻyicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirilgani. Biroq, hoynahoy, yangi shartnoma hozirgisidan jiddiy farq qiladi. Amerikaliklar shartlarn oʻz foydalariga kengaytirishga harakat qilishadi – Xitoyning harbiy strategiyasi va kuchayishini yana inobatga oladigan boʻlsak. Muloqot ikki tomonlama boʻlishdan toʻxtaydi”, - deya aniqlik kiritadi Kislitsin.

Yarim yil oʻtdi

Putin va Baydenning birinchi uchrashuvi 16 iyun kuni Jenevada yuzma-yuz boʻlib oʻtdi. strategik qurollanish ustidagi nazoratga bagʻishlangan bayonot qabul qilishdi. Qoʻshma matbuot anjumanini oʻtkazishmadi, har bir oʻz jurnalistlari oldida chiqish qildi.
Putin oʻshanda Moskva va Vashingtonga elchilarni qaytarish kelishuvi haqida maʼlum qildi. Ikki tomonlama munosabatlarda “koʻp uyumlar” toʻplanib qolgan, lekin tomonlar ularni hal qilish yoʻllarini izlashga diqqatini qaratgan.
Bayden Putin “hammadan koʻra kamroq sovuq urushni xohlashi” haqida fikr bildirdi. Ammo bu uchrashuvning haqiqiy natijalari borasida yarim yildan keyin xulosa qilish mumkin, deb taʼkidladi Amerika yetakchisi.
“Bu olti oy ortda qoldi. Biz koʻryapmizki, muloqot, minimal boʻlsa ham, harbiy idoralar orasida bormoqda, bosh shtablar darajasida aloqalar saqlanib qolmoqda. Global muammolar boʻyicha ham – masalan, kiberxavfsizlik. Shuningdek, Suriyadagi gumanitar yordam boʻyicha ayrim siljishlar bor: AQSH ularni kurdlar va Turkiya nazorat qilayotgan hududdan tashqariga yetkazib berishni boshladi”, - deydi Aleksey Davidov, Yaqin Sharq tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi.
Ehtimol, surʼatlar boshqa boʻlishi ham mumkin edi, lekin Bayden muxolifatni ushlab turibdi – respublikachilar, deb qoʻshimcha qiladi suhbatdosh. Prezidentning reytingi esa lavozimiga kirishgandan buyon minimumgacha quladi: noyabrda – 41 foiz (56 edi).
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.07.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Putin va Bayden RFning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalarini muhokama qilgan - OAV
“Agar hatto har ikki tomon uchun manzur keladigan biror bir kelishuvga erishilsa, muxolifat barini salbiy koʻrinishda talqin qilishga urinishi mumkin. Masalan, Oq uyning demokratlar paytida zaiflashganini aytishadi, Bayden maʼmuriyatini kongressdagi oraliq saylovlarda ochko olishga urinishda ayblashadi”, - deydi ekspert.
Muvaffaqiyatga konsul masalalari boʻyicha erishsa boʻlardi. Aprel oyida Vashingtondan 10 nafar rossiyalik diplomatlarni joʻnatib yuborishdi. Moskva bunga mos javob qaytarib, AQShni nodoʻst mamlakatlar roʻyxatiga kiritdi va elchixonasiga mahalliy xodimlarni ishga yollashni taqiqladi. Oktyabrda amerikaliklar 55 nafar rossiyalik diplomatning vataniga qaytishini talab qilishdi. Kreml yangi chiqarib yuborishlar bilan tahdid qildi, lekin TIV Oq uyga hammasi oq varaqdan boshlashni taklif qildi.
Kislitsin bunday yaxshi niyat harakati boʻlishi mumkin deb oʻylaydi. Siyosat va iqtisoddagi ijobiy oʻzgarishlarga toʻxtaladigan boʻlsak, buning uchun hozircha sharoitlar yoʻq. Shu bilan birga, Davlat departamentining taʼkidlashicha, birinchi shaxslar oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri suhbatni hech narsa bilan almashtirib boʻlmaydi – yetakchilar fikrlarini bildirishlari va bir-birlarini tinglashlari gʻoyat muhim. Hech boʻlmaganda, tomonlarning nuqtai nazarlari bunda aniq mos keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala