O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlari – hukumat qarori

© Press-slujba Ministerstva yustitsii UzbekistanaV Mirzachulskom rayone Uzbekistana otkrilsya sentr gosuslug
V Mirzachulskom rayone Uzbekistana otkrilsya sentr gosuslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Loyiha bilan O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. “O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq
kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
Davlat xizmatlari agentligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Jenshina zakrivayet litso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun tayyorlandi
Loyiha bilan O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etilmoqda.
2022 yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2022-yil 1-iyuldan esa butun respublika hududida tibbiyot muassasalari tomonidan o‘lim haqida tibbiy guvohnoma berish tartibi bekor qilinib, faqat elektron tizim orqali o‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma shakllantirish tartibi joriy etiladi”, - deyilgan hujjatda.
Burokratik to‘siqlarning oldini olish va fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida FHDYo organlari tomonidan beriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan ma’lumotnomalar o‘lim haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtirilmoqda hamda bu ma’lumotnomalarni davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etishi taqiqlanmoqda.
O‘lim haqida tibbiy ma’lumotnoma berish, o‘limni qayd qilish, vafot etgan shaxsni dafn qilish uchun qabristonga ma’lumotnoma berish va dafn etish uchun nafaqa berish bo‘yicha kompozit davlat xizmatlari joriy etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0