Madaniyat

Oʻzbek filmi “Oskar”ga daʼvogarlik qilmoqda - video

© AP Photo /Chris PizzelloMaketы statuetok Oskar
Maketы statuetok Oskar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “Oskar” mukofoti uchun daʼvogarlar roʻyxatiga kiritildi.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “Oskar” mukofotiga daʼvogarlar roʻyxatiga kiritildi.
Oʻzbek filmi “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasidagi daʼvogarlarning long-listiga kiritilgan. Oʻzbekistondan tashqari yana 93 ta mamlakat oʻz filmlarini taqdim etgan.
Avvalroq Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi bu yilgi nufuzli “Oskar” mukofotiga “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmini tavsiya etgan edi.
Film “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan "Fox music cinema" studiyasi tomonidan suratga olingan. Stsenariy muallifi va rejissyor Yolqin Toʻychiyev.
“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmida oʻtgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga koʻrsatgan taʼsiri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga eʼtibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil toʻrtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bogʻliq baʼzi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda boʻlishiga sabab boʻladi.
Avvalroq “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi “The snow leopard award” mukofotiga loyiq koʻrilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala