Hodisalar

Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajogʻlik qilgan erkakka jazo tayinlandi

Molotok sudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi metro vagonida 13 yoshli qizga nojoʻya harakatlar qilgan shaxsni aybli deb topdi.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Toshkent shahri “Olmazor” metro bekatida 13 yoshli qizga nisbatan behayo harakatlar qilgan shaxs ustidan sud boʻlib oʻtdi.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmatining xabar berishicha, yopiq sud jarayoni boʻyicha sud hukmi eʼlon qilingan.
Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra, ayblanuvchi K.SH. (1989 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) Jinoyat kodeksining 129-moddasi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Unga ish haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadiga ushlangan holda 2 yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamogʻi vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida uzil-kesil oʻtash uchun 1 yil 10 oy 21 kun muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.
Ukazateli stantsiy sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.09.2021
Hodisalar
Toshkent metrosida 13 yoshli qizga tegajogʻlik qilgan erkak qidirilmoqda
Avvalroq Toshkent metrosida voyaga yetmagan qizga tegajogʻlik qilganlikda gumon qilinayotgan shaxs qoʻlga olingani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala