Sport

Toshkentda ogʻir atletika boʻyicha Jahon chempionati boshlandi

© pexels/Victor FreitasTyajelaya atletika
Tyajelaya atletika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
JChda Oʻzbekiston sharafini 14 nafar ogʻir atletikachi himoya qiladi.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Toshkent shahrida 7 dekabr kuni ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionati boshlandi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ).
Bellashuvlar “Yunusobod sport majmuasi”da boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Ushbu dunyo birinchiligida 14 nafar ogʻir atletikachi Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev, Adham Ergashev, Kumushxon Fayzullayeva, Doston Yoqubov kabi tajribali sportchilar ham bor.
Dzyudoistы iz Uzbekistana zanyali pervoye mesto na chempionate Azii i Okeanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.12.2021
Sport
Oʻzbekistonlik yosh dzyudochilar Osiyo-Okeaniya chempionatida birinchi boʻlishdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala