Jamiyat

Tuman tufayli Oʻzbekiston aeroportlarida qator reyslar kechiktirildi

© Sputnik / Anton DenisovSamolet sovershayet posadku v tumane, arxivnoye foto
Samolet sovershayet posadku v tumane, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Quyuq tuman tufayli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva shahridan uchgan reysi Nukusdagi zaxira aerodromiga yuborilgan.
TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Oʻzbekiston aeroportlarida tuman tufayli bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyuq tuman tufayli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva shahridan SU-1976 reysini amalga oshirayotgan samolyot 131 yoʻlovchisi bilan soat 06:40 da Urganchga qoʻna olmagan va Nukusdagi zaxira aerodromiga yuborilgan.
Boshqa bir reys — “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY053 qatnovi Toshkent aeroportida Urganchga parvozini kutmoqda. Jadvalga koʻra, bort soat 08:20 da Urganchga qoʻnishi kerak edi. Keyinchalik samolyot HY279 reysi bilan Istanbulga uchadi. Biroq Urganch aeroportida hamon tuman saqlanib turibdi.
Koʻrish imkoniyati 200 metrdan 400 metrgacha yaxshilangan. Uchish uchun maqbul koʻrish imkoniyati kamida 800 metrni tashkil qiladi.
Tuman Toshkentdan Andijonga bajariladigan HY091 qatnovning ham kechiktirilishiga sabab boʻlgan. Samolyot 08:30 da parvoz qilishi kerak edi, biroq qabul qiluvchi aeroportdagi tuman tufayli u hamon Toshkentda ob-havo yaxshilanishini kutmoqda. Dastlabki joʻnash vaqti soat 12:00 ga belgilangan.
Avvalroq Oʻzgidromet Oʻzbekiston hududlarida tuman tushishi mumkinligi haqida maʼlumot bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala